Ðåçóëüòàòîâ: 8

Angrenda zo‘rlangan 15 yoshli qiz ruhiy inqiroz holatidan chiqib bormoqda — bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani iyulda Angrenda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan va davolanayotgan 15 yoshli qiz bilan ko‘rishdi. Qizning sog‘lig‘i yaxshilangan, tana vazni oshib, ahvoli barqarorlashgan hamda bosqichma-bosqich ruhiy inqiroz holatidan chiqib bormoqda, dedi u. Holat bo‘yicha jinoyat ishi sud muhokamasi bosqichida. gazeta.uz »

2025-11-18 13:49

Toshkentdagi maktablarda SI yordamida 10 va 11-sinf o‘quvchilarining ruhiy holati aniqlanadi

Toshkentdagi barcha maktablarda 10 va 11-sinflar uchun Smart School elektron dasturi joriy etiladi. Bu poytaxt hokimi qarorida ko‘zda tutilgan. 10 va 11-sinf xonalariga maxsus kameralar o‘rnatilib, ta’lim sifati, o‘quvchilar davomati kuzatiladi, ularning ruhiy holati sun’iy intellekt orqali aniqlanadi. gazeta.uz »

2025-8-29 14:57

Sirdaryoda o‘qituvchini kaltaklagan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda pedagogni haqoratlab, unga nisbatan kuch ishlatgan o‘quvchining onasi sud hukmi bilan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan va huquqbuzarlik paytida harakatlariga javob berolmagan. gazeta.uz »

2025-2-16 12:10