Baytqo‘rg‘on va Parkentni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi boshladi
Toshkent viloyatining Qibray va Parkent tumanlarini bog‘laydigan elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishi boshlandi. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi. gazeta.uz »
Qurilishi - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent viloyatining Qibray va Parkent tumanlarini bog‘laydigan elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishi boshlandi. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metrosi qurilishi rejalashtirilmoqda. Metro yangi quriladigan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi hududida bo‘ladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda turar joy binolarini loyihalash va qurishda yerusti yoki yerosti to‘xtash joylari tashkil etishni majburiy qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, uy-joylarni bazalt materiallari bilan qoplash va uglerod oksidi signalizatori bilan jihozlash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
AES qurish direksiyasi direktori Otabek Amanov kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzax viloyatlarida jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishiga start berdi. “Bu yo‘nalish Xitoydan Qirg‘izistonga, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqqa hamda Yevropa Ittifoqiga yuklarni yetkazib berishni ta’minlaydi”, - dedi Japarov. gazeta.uz »
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ma’lum qilishicha, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 27-dekabrdan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va qo‘shma temiryo‘l kompaniyasi loyiha bo‘yicha investitsiya bitimini imzoladi (tafsilotlar). gazeta.uz »
Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilish jarayonidagi ishlar sifatsiz ekani va talabga javob bermasligi sabab 120 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi. Qoidabuzarliklar bilan bajarilgan ishlar buzildi. gazeta.uz »
DXX “Toshkent-Boysun” avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha shartnomani olib berishda yordam berish uchun 50 ming dollar talab qilgan kompaniya rahbarini qo‘lga oldi. Qiymati 500 ming dollar bo‘lgan tenderda dastlab xorijiy kompaniya g‘olib chiqqan. gazeta.uz »
Andijondagi Bobur haykali joylashgan maydon o‘rnida biznes markazi qurilishi, haykal eski shahar hududiga ko‘chirilishi reja qilinmoqda. Hokimlik buni ko‘prik qurilishi sababli maydon yopiq ko‘rinishga kelib qolishi bilan izohladi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi. Binoning ayrim qismlarida g‘isht mustahkam terilmagani aniqlangan. gazeta.uz »
Prezident Navoiy viloyatida yangi loyihalarni ishga tushirish marosimida qatnashdi. Xususan, Konimexda yonuvchi slanetslarni qazish va qayta ishlash, Karmanada quyosh foto elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimi loyihalari qurilishi boshlandi. Navoiy shahrida paxta sellyulozasi korxonasi ishga tushdi. gazeta.uz »
Samarqand davlat chet tillar institutining yotoqxonasi qurilishi nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilmay o‘zboshimchalik bilan olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, jarayon sifatsiz bajarilgani tufayli qurilish to‘xtatildi. gazeta.uz »
Toshkentdagi agrar universitet hududida qurilayotgan yangi yotoqxona binosida loyihaga zid qurilish ishlari bajarilgani tufayli jarayon to‘xtatildi. Ma’lum bo‘lishicha, kamchiliklar ortidan buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga jami 14 ta ko‘rsatma berilishi va jarimaga qaramay, qurilish ishlari davom etgan. gazeta.uz »
“O‘zatom” agentligi direktorining ma’lum qilishicha, atom stansiyalarini qurish uchun 14 ta potensial maydoncha dastlabki tarzda baholab chiqilgan. “Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan”, - dedi u. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida 2 mlrd dollar evaziga amalga oshiriladigan 9 ta loyiha, jumladan, maxsus sanoat texnoparki, oziq ovqat va o‘g‘it tayyorlash korxonalari, QES, GESlar, energiya saqlash tizimlarini qurish va ishga tushirish ishlariga start berdi. gazeta.uz »
Tojikiston mamlakat energetika tizimini Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qayta ulash va O‘zbekistonga yangi elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi uchun OTBdan 15 mln dollar oladi. gazeta.uz »
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum “keng umummilliy muloqotning yana bir ko‘rinishi” va “eshituvchi davlat” konsepsiyasini amalga oshirishning yorqin namunasi bo‘ladi. gazeta.uz »
Maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mamlakatda qo‘shimcha maktablar qurilishi prioritetdaligini ta’kidladi. Rejaga ko‘ra, bu yil 180 mingdan ziyod o‘quvchi o‘rni uchun maktab qurib bitkaziladi. Bu uchun 11 taga yaqin loyiha bor. gazeta.uz »
Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi. gazeta.uz »
Navoiy viloyatida qariyb 1100 gektar maydonda turar joy va savdo binolari, universitetlar kampusi, kutubxona, sun’iy ko‘l va boshqalarni o‘z ichiga olgan Yangi Navoiy shaharchasi qurilishi boshlandi. gazeta.uz »
Prezident Qoraqalpog‘istonda Xitoy va Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. Shuningdek, yangi inshootlarning qurilishi va faoliyati boshlab berildi. gazeta.uz »
Prezident 2024-yil oxirigacha 2 trln so‘mlik ishlarni bajarish, jumladan, 570 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash, 13 ming kilometr yo‘l, 195 ta ko‘prikni foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarning qurilishi va ishga tushirilishini boshlab berdi. Ular orasida “Qo‘qon” EIZdagi 370 mln dollarlik korxonalar va Farg‘ona tumanining chekka hududlaridagi kichik gidroelektr stansiyalari ham bor. gazeta.uz »
O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi, dedi “O‘zatom” rahbari maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov. Shuningdek, u atom energetikasini rivojlantirish va kichik modulli reaktorlarni tanlash zarurligini tushuntirdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi, dedi “O‘zatom” rahbari maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov. Shuningdek, u atom energetikasini rivojlantirish va kichik modulli reaktorlarni tanlash zarurligini tushuntirdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha birinchi shtab ish boshladi, unda qurilish maydoni va zarur infratuzilmani yaratish masalalari muhokama qilindi. “Rosatom” rahbari birinchi o‘rinbosarining tashrifi chog‘ida AES qurilishi shartnomasining kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzoladi. Uni qurish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi donorlik qo‘mitasi tuzildi, uning tarkibiga Jahon banki, OTB, YeTTB va boshqalar kiradi. gazeta.uz »
Buxoro viloyatida 226 mln dollar evaziga yangi aeroport quriladi, avvalroq mavjud aeroportning o‘zida yangi terminal qurish ko‘zda tutilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi havo bandargohi “sayyohlar oqimini ikki baravar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda”. gazeta.uz »
Yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha kam quvvatli (330 MVt) AES qurilishi boshlanadi. “Rosatom” uchun bu shu turdagi stansiya qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi hisoblanadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari Norin daryosida Qambarota GES (GES-1) qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi. Loyiha amalga oshirilgach, stansiyaning aksiyalari va aktivlari Qirg‘iziston mulkiga aylanadi. gazeta.uz »
“Toshkentning yer o‘ta cheklangan sharoitida bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarur”, - dedi prezident. U yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish imkoniyatlari haqida gapirdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida quvvati 228 MVt bo‘lgan gidroelektr stansiyalar kaskadi va har biri 500 MVt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Mazkur stansiyalar yil oxirigacha tarmoqqa ulanadi, shundan so‘ng viloyatdagi ishlab chiqarish hajmi hudud ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi. gazeta.uz »
12 |