Toshkent uy-joy bozorida faollik pasaydi, e’lonlarda yangi uylar ulushi deyarli 48 foizga yetdi
Aprelda Toshkentda ko‘p kvartirali uy-joy sotilishi bo‘yicha e’lonlar soni 44,5 mingtagacha kamaydi - bu mart oyiga nisbatan 13,4 foizga, o‘tgan yilning apreliga qaraganda esa 17,7 foizga kam. Takliflar tarkibida yangi qurilgan uylar ulushi deyarli 48 foizga yetdi. Narxlarning keskin o‘zgarishi kuzatilmadi. gazeta.uz »