Shaxsning roziligisiz uni tasvirga olishni taqiqlovchi qonun Senatga yuborildi
Qonunchilik palatasi majlisida shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46−1-moddasiga kiritilayotgan norma deputatlarda savollar tug‘dirdi. Qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi. gazeta.uz »
