Ðåçóëüòàòîâ: 6

“O‘zbekkosmos” agentligi yil boshidan buyon 200 dan ortiq dala yong‘inini aniqladi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida 200 dan ortiq yong‘in qayd etildi, 1600 gektardan ortiq maydon zararlandi. Eng ko‘p holat Surxondaryoda qayd etildi - 180 ta. “O‘zbekkosmos” dala yong‘inlarini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatishda davom etmoqda va ma’lumotlarni organlarga yubormoqda. gazeta.uz »

2025-6-18 17:57

Bosh prokuratura va “O‘zbekkosmos” ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashadi

Bosh prokuratura va “O‘zbekkosmos” agentligi huquqbuzarliklar va jinoyatlarni aniqlashda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Aerokosmik texnologiyalar yordamida daraxt kesish va yashilliklarni qisqartirish, noqonuniy qurilishlar, daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlashdagi qoidabuzarliklar kuzatiladi. gazeta.uz »

2025-5-23 21:40

“O‘zbekkosmos” SpaceX bilan ilmiy-texnologik sputnik uchirish imkoniyatlarini muhokama qildi

“O‘zbekkosmos” SpaceX bilan o‘zbekistonlik yosh muhandislar yig‘ishni rejalashtirayotgan ilmiy-texnologik sun’iy yo‘ldoshni uchirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Delegatsiya AQShga tashrifi doirasida Space Symposium’da ishtirok etib, Kaliforniyada sputniklar orqali suv iste’moli nazorati usullari bilan ham tanishdi. gazeta.uz »

2025-4-18 20:57