O‘zbekistonda dalalarda somon yonishi sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda, ma’lumotlar huquq organlariga yuboriladi
“O‘zbekkosmos” dalalarda somon yonishini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatib bormoqda va suratlarni huquq idoralariga tezkor uzatmoqda. Agentlik shaharlarda dala va o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborganlik uchun ma’muriy javobgarlik haqida eslatib o‘tdi. Qoidabuzarlik haqida 1207 raqami orqali xabar berish mumkin. gazeta.uz »
