“O‘zbekkosmos” tuproq sho‘rlanishini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzata boshladi
“O‘zbekkosmos” agentligi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq sho‘rlanishini monitoring qilish loyihasini ishga tushirdi. Tadqiqot Jizzax viloyatidagi 90 ta ekin maydonini qamrab oladi va tuproqni qayta tiklash hamda yerni boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi. gazeta.uz »
