Ðåçóëüòàòîâ: 119

O‘zbekistondagi qator aviakompaniyalar Janubiy Koreyaga parvoz qilish huquqini qo‘lga kiritadi

Transport vazirligi va Koreya aviatsiya ma’muriyati ikki davlat o‘rtasida belgilangan aviakompaniyalar soniga cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqadi. Uzbekistan Airways va Qanot Sharq bilan bir qatorda Air Samarkand va yuk tashuvchi My Freighter ham Janubiy Koreyaga parvoz qila oladi. gazeta.uz »

2024-10-3 21:10

Prezident Hyundai Rotem (Janubiy Koreya) tezyurar poyezdlarini xarid qilish loyihasining TIA parametrlarini tasdiqladi

Prezidenti Janubiy Koreyadan oltita tezyurar Hyundai Rotem elektropoyezdini xarid qilish loyihasining texnik-iqtisodiy asos parametrlarini tasdiqladi. Koreyaning Eksimbanki 40 yil muddatga 185,18 mln yevro miqdorida ancha qulayroq kredit ajratadi. Loyihaning o‘zini qoplash muddati 25 yilga baholanmoqda. gazeta.uz »

2024-8-14 09:57

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan innovatsion Ipak yo‘li qurishga umid qilmoqda — prezident Yun Sok Yol

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2024-6-13 10:18

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga yana mavsumiy ishlar uchun borishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Janubiy Koreya hukumati bilan uzoq muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2021-yilda Koreya ko‘plab fuqarolar mehnat shartnomalarini buzgani va belgilangan muddatda mamlakatni tark etmagani uchun ishga qabul qilishni to‘xtatgandi. gazeta.uz »

2024-5-13 15:33

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan 29-fevralgacha mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etishi so‘raldi

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi 29-fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishi so‘raldi. Fuqaro o‘z xohishi bilan shunday qilsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida mamlakatga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2024-2-17 10:21

123