Ðåçóëüòàòîâ: 112

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan mehnat migratsiyasi va vizani soddalashtirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Koreya elchisi Von Do Yon o‘zbekistonliklarning Koreyadagi bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi choralarni muhokama qildi. Muloqotda viza talablarini soddalashtirish, kadrlar tayyorlash va ta’lim dasturlarini kengaytirish kabilar ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2025-4-19 13:25

Janubiy Koreyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari orasida ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p — Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar orasida shartnomadagi ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p uchrayapti. Hozir u yerdagi O‘zbekiston fuqarolarining 9,6 foizi nolegal maqomida. Migratsiya agentligiga ko‘ra, “agar ko‘rsatkich 10 foizga yetsa, Koreya biz bilan migratsiya aloqalarini to‘xtatishi mumkin”. gazeta.uz »

2025-1-31 18:46

Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga ham impichment e’lon qilindi

Janubiy Koreya parlamenti bosh vazir, shu bilan birga, prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildi. Bu Su hukumati prezident Yol va uning rafiqasi tergoviga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqish hamda konstitutsiyaviy sud tarkibiga sudyalarni tayinlashdan bosh tortganidan so‘ng sodir bo‘ldi. gazeta.uz »

2024-12-27 11:31

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga nisbatan tergov bo‘yicha maxsus prokuror tayinlanishini ma’qulladi

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi ayblovlarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, prezident davlatga xiyonat va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda va mamlakatni tark etishi taqiqlangan. gazeta.uz »

2024-12-10 13:53

O‘zbekistondagi qator aviakompaniyalar Janubiy Koreyaga parvoz qilish huquqini qo‘lga kiritadi

Transport vazirligi va Koreya aviatsiya ma’muriyati ikki davlat o‘rtasida belgilangan aviakompaniyalar soniga cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqadi. Uzbekistan Airways va Qanot Sharq bilan bir qatorda Air Samarkand va yuk tashuvchi My Freighter ham Janubiy Koreyaga parvoz qila oladi. gazeta.uz »

2024-10-3 21:10

Prezident Hyundai Rotem (Janubiy Koreya) tezyurar poyezdlarini xarid qilish loyihasining TIA parametrlarini tasdiqladi

Prezidenti Janubiy Koreyadan oltita tezyurar Hyundai Rotem elektropoyezdini xarid qilish loyihasining texnik-iqtisodiy asos parametrlarini tasdiqladi. Koreyaning Eksimbanki 40 yil muddatga 185,18 mln yevro miqdorida ancha qulayroq kredit ajratadi. Loyihaning o‘zini qoplash muddati 25 yilga baholanmoqda. gazeta.uz »

2024-8-14 09:57