
2024-12-8 11:28 |
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon tergov doirasida hibsga olindi. Prokuratura qo‘zg‘olon va hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq ikkita jinoyat ishini tergov qilmoqda.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...

2024-12-8 11:28 |
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon tergov doirasida hibsga olindi. Prokuratura qo‘zg‘olon va hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq ikkita jinoyat ishini tergov qilmoqda.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Seul sudi Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolni harbiy holat joriy etish ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U isyonga rahbarlik qilishda aybdor deb topildi. Ayblov tomoni u uchun o‘lim jazosini so‘ragandi. gazeta.uz »
2026-02-19 10:15
Seul sudi Janubiy Koreya sobiq bosh vaziri Xan Dok Suni 2024-yilda harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq isyon ishi bo‘yicha 23 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U isyon tashkilotchisi - sobiq prezident Yun Sok Yolga ko‘maklashish va yolg‘on guvohlik berishda aybdor deb topildi. gazeta.uz »
2026-01-21 15:06
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olishga to‘sqinlik qilganlikda ayblanib, besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ushbu hukm Yunning muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy holat e’loni yuzasidan unga qo‘yilgan jinoiy ayblovlar bo‘yicha chiqarilgan birinchi sud qaroridir. gazeta.uz »
2026-01-16 09:37
O‘zbekiston Janubiy Koreya kompaniyasining 7 mln dollar granti asosida 100 ta tez yordam mashinasini xarid qiladi. Transport vositalari 2026-yilning birinchi yarmida xarid qilinadi. gazeta.uz »
2026-01-14 11:57
Farg‘ona viloyatida Janubiy Koreyaning Hansae Mobility kompaniyasi tomonidan avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi. Loyihaga 30 mln dollar sarmoya yo‘naltirilib, 200 dan ziyod ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
2025-11-17 08:09
Maxsus prokuror Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolni harbiy keskinlikni keltirib chiqarish uchun dushman davlat - KXDRga yordam berishda ayblamoqda. Yol qo‘shni hududda javob harakatlarini qo‘zg‘atish va shu bahonada harbiy holat joriy etish uchun maxfiy operatsiya (dron uchirish) o‘tkazishni buyurgani aytilyapti. gazeta.uz »
2025-11-10 11:29
Janubiy Koreya yana O‘zbekiston fuqarolarini mavsumiy ishlar uchun E-8 vizasi bilan qabul qiladi. Migratsiya agentligi va Kyonsan-Namdo provinsiyasi ma’muriyati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sakkiz oylik shartnomalar asosida Toshkent viloyatidan ishchilar yollash bo‘yicha kelishuv imzolandi. gazeta.uz »
2025-10-16 19:29
Janubiy Koreya parlamenti maktablarda dars paytida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Maktablarga, shuningdek, o‘quvchilarga smart qurilmalardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish majburiyati yuklandi. gazeta.uz »
2025-08-27 13:51
Janubiy Koreya KXDR bilan chegara bo‘ylab harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha paktni tiklamoqchi. 2018-yilda imzolangan harbiy deklaratsiya qarama-qarshiliklarga barham berishi kerak edi, ammo 2023-yilda bu hujjat kelishmovchiliklar sababli chippakka chiqqan. gazeta.uz »
2025-08-15 06:48
Janubiy Koreya armiyasi so‘nggi olti yilda 20 foizga qisqarib, 450 ming askarga yetdi. Kamayish 2000-yillarning boshidan beri muntazam ravishda kuzatilmoqda. Holat majburiy xizmatga chaqirish yoshidagi erkaklar sonining keskin kamayishi bilan bog‘liq. gazeta.uz »
2025-08-11 06:51
Janubiy Koreya chegara bo‘ylab Shimoliy Koreyaga qarshi radioeshittirishlar uchun mo‘ljallangan karnaylarni olib tashlamoqda. Shu orqali Pxenyan bilan keskinlikni yumshatish ko‘zlangan. O‘tgan hafta KXDR tomoni Janubiy Koreya bilan muloqotdan manfaatdor emasligini ma’lum qilgan. gazeta.uz »
2025-08-04 09:30
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etishga doir ayblovlar bilan ikkinchi marta hibsga olindi. Prokuratura sobiq rahbar ozod qilinsa, dalillarni yo‘q qilishi mumkin, deb hisobladi. gazeta.uz »
2025-07-10 18:30
Janubiy Koreyada parlament harbiy holatni tartibga soluvchi qoidalarni qayta ko‘rib chiqishni ma’qulladi. Jumladan, qonun chiqaruvchilarning Milliy Assambleyaga kirishiga to‘sqinlik qilishga har qanday urinish taqiqlandi. gazeta.uz »
2025-07-03 14:30
Janubiy Koreya hukumati KXDR bilan chegarada ovoz kuchaytirgichlar orqali tashviqot eshittirishlarini to‘xtatdi. Ular bir yil avval Shimoliy Koreya uchirgan chiqindi sharlariga javoban qayta tiklangandi. gazeta.uz »
2025-06-11 17:15
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Mun Chje Inni 151 ming dollardan ortiq miqdordagi poraxo‘rlik ishida ayblamoqda. U hokimiyatda bo‘lgan vaqtida kuyovi Tailand korporatsiyasida lavozimga tayinlangan va mablag‘lar sobiq prezidentga pora sifatida o‘tkazilgani aytiladi. gazeta.uz »
2025-04-24 14:42
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolga nisbatan to‘rt oy oldin e’lon qilingan impichmentni tasdiqladi. Yuzlab odamlar bu yangilikni “G‘alaba qozondik!” degan qichqiriqlar bilan kutib oldi. gazeta.uz »
2025-04-04 09:33
Janubiy Koreya ichki talabning sustligi fonida turizmni rivojlantirish uchun uchinchi chorakda xitoylik mehmonlarga vaqtincha viza imtiyozi berishni taklif qilmoqda. 2024-yilda Koreyaga 16,4 mln sayyoh tashrif buyurdi, ularning 28 foizi xitoylik. gazeta.uz »
2025-03-20 12:28
Koreya Respublikasi ilk bor O‘zbekiston fuqarolariga Ulsan shahri meriyasi orqali sodda tartibda mehnat vizalarini berishni joriy etmoqda. Farg‘ona shahrida Ulsan uchun kadrlar tayyorlash markazi ochildi. gazeta.uz »
2025-03-19 10:50
Janubiy Koreyada samolyotda chiqqan yong‘indan so‘ng aviatsiya xavfsizligi kuchaytirilmoqda. 1-martdan yo‘lovchilarga 100 vatt-soatgacha bo‘lgan 5 ta poverbankni olib yurishga ruxsat beriladi, 160 vatt-soatdan ortiq batareyalar bortga qo‘yilmaydi. gazeta.uz »
2025-02-13 10:53
Janubiy Koreya prokuraturasi prezident Yun Sok Yolga 3-dekabr kuni harbiy holat joriy etgani sababli isyonga rahbarlik qilishda ayblov qo‘ydi. Shuningdek, u asosiy siyosiy arboblarni qamoqqa olishni rejalashtirganlikda ham ayblanmoqda. gazeta.uz »
2025-01-28 08:30
Tergovchilar ikkinchi urinishda Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolni isyonchilikda ayblab hibsga oldi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbarining qo‘lga olinishidagi ilk holatdir. gazeta.uz »
2025-01-15 07:16
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolga harbiy holat joriy etishga uringani uchun impichment masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Sudyalar uni lavozimidan chetlashtirish yoki qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. gazeta.uz »
2024-12-16 18:05
Janubiy Koreya parlamentida harbiy holat joriy etishga uringan prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilishda yetarlicha ovoz to‘plandi. Uning lavozimidan chetlatilishi uchun 204 deputat ovoz berdi. gazeta.uz »
2024-12-14 11:13
Seulda parlament atrofidagi ko‘chalarda odamlar prezident harbiy holat e’lon qilganidan beri eng katta mitingga yig‘ildi. U yerda tez orada Yun Sok Yol impichmenti uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. gazeta.uz »
2024-12-14 09:31
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon Seuldagi o‘zi ushlab turilgan hibsxona hammomida joniga qasd qilishga urindi, hozirda uning sog‘lig‘i barqaror holatda. Avvalroq u harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq barcha hodisalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi. gazeta.uz »
2024-12-11 09:08
Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi ayblovlarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, prezident davlatga xiyonat va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda va mamlakatni tark etishi taqiqlangan. gazeta.uz »
2024-12-10 13:53
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatdan chiqishi taqiqlandi. Bundan tashqari, u davlatga xiyonatda va hokimiyatni suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. Politsiya uni so‘roq qilishi mumkinligini istisno etmadi. gazeta.uz »
2024-12-09 12:01
Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qilish uchun ovoz berishda yetarlicha ovozni to‘play olmadi: hukmron partiyaning 108 deputatidan 105 nafari majlislar zalidan chiqib ketib, ovoz berishdan bosh tortdi. gazeta.uz »
2024-12-07 16:43
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol xalqqa murojaat qilib, harbiy holat to‘g‘risidagi qarori uchun uzr so‘radi va ta’zim qildi. “Qaror dilxunlikdan qabul qilingandi”, - degan yetakchi lavozimida qolish masalasini o‘z partiyasi ixtiyoriga qoldirishini ta’kidladi. gazeta.uz »
2024-12-07 06:08
Muxolifatdagi partiyalar harbiy holat e’lon qilgan, keyin esa uni bekor qilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment tashabbusi bilan chiqdi. Mudofaa vaziri Kim Yon Xyon iste’foga chiqdi. gazeta.uz »
2024-12-04 13:28
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol parlamentning shu mazmundagi ovoz berishidan so‘ng mamlakatda avval e’lon qilingan harbiy holatni bekor qilishini aytdi. Yunning qarori Seulda noroziliklar va unga nisbatan impichment chaqiruvlariga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-12-03 23:24
Koreya Respublikasi parlamenti mamlakatda harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi. 300 deputatdan 190 nafari prezident qaroriga qarshi ovoz berdi. Parlament binosi oldida odamlar yig‘ilgan. Harbiylar parlament binosini tark eta boshladi. gazeta.uz »
2024-12-03 19:38
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol konstitutsiyaviy tartibni “kommunistik kuchlar”dan himoya qilish uchun harbiy holat e’lon qildi. U bunday chorani muxolifatning harakatlari tufayli qo‘llaganini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat mamlakatni inqirozga olib kirmoqchi. gazeta.uz »
2024-12-03 17:07
Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga 3000 nafar harbiyni yubordi, deb xabar berdi Janubiy Koreya razvedkasi. Pentagon KXDR askarlari Rossiyaga jo‘natilganini tasdiqladi, ammo ular u yerda nima bilan mashg‘ul ekani hozircha noma’lumligini bildirdi. gazeta.uz »
2024-10-23 18:01
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi. gazeta.uz »
2024-06-13 10:18
Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish maqsadida to‘rt yildan ortiq vaqtdan beri ilk bor uch tomonlama sammitni o‘tkazadi. gazeta.uz »
2024-05-23 12:40
Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida 3 ming nafar ishchiga talab borligi va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini bildirdi. gazeta.uz »
2024-05-08 13:49