“Ozodlik” AQSh Global media agentligini sudga berdi
“Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi” AQSh Global media agentligi (USAGM) va idora mansabdorlariga qarshi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qildi. Shikoyatga ko‘ra, Kongress tomonidan “Ozodlik radiosi”ga ajratilgan mablag‘ni rad etish federal qonunlarni buzadi. Da’vo Vashingtondagi AQSh okrug sudida ko‘rib chiqiladi. gazeta.uz »