Ðåçóëüòàòîâ: 337

“AQSh bilan hamkorligimiz kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida qurilishi lozim” — SMTI direktori

Markaziy Osiyo davlatlarining AQSh bilan hamkorligi “kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida - taraqqiyot, barqarorlik va farovonlik uchun” qurilishi kerak. Bu haqda Vashingtonda nutq so‘zlagan prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-11-9 09:35

“AQSh Markaziy Osiyoni e’tiborsiz qoldirgan sobiq prezidentlarning xatolarini tuzatmoqda” — Donald Tramp

Markaziy Osiyo nafaqat strategik jihatdan muhim, balki “avvalgi prezidentlar e’tiborsiz qoldirgan” o‘ta boy hududdir, dedi Donald Tramp “C5+1” sammitida. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yirik bitimlar, jumladan, Amerika harbiy texnikasini yetkazib berish bo‘yicha kelishib olgan. gazeta.uz »

2025-11-7 09:52

“Lukoyl” AQSh sanksiyalari fonida xalqaro aktivlarini sotishini e’lon qildi

Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi AQSh sanksiyalaridan so‘ng o‘zining xalqaro aktivlarini sotmoqchi. Cheklovlarga 50 foizdan ortiq ulushi bo‘lgan shu’ba kompaniyalar ham tushgan. Sanksiyalar O‘zbekistondagi loyihalarga ham ta’sir qilishi mumkin, biroq kompaniya va Energetika vazirligi hozircha vaziyatga izoh bermadi. gazeta.uz »

2025-10-28 12:46

O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasi bilan sanoat va muhim minerallar loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi Amerika delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni, jumladan, xavfsizlik, moliya va muhim minerallar sohalarida rivojlashtirish, Vashingtondagi C5+1 sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-10-27 18:08

Oq uy AQSh universitetlariga moliyalashtirish evaziga Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi

Oq uy Amerikaning to‘qqiz universitetiga qo‘shimcha moliyalashtirish evaziga Donald Trampning siyosiy dasturini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Universitetlar talabalarni qabul qilish, ayollar sporti, so‘z erkinligi va boshqa masalalarda ma’muriyatning ustuvor yo‘nalishlariga mos kelishi talab qilinadi. gazeta.uz »

2025-10-3 19:49

Tramp Mirziyoyevni Vashingtonda kutyapti — AQSh prezidenti vakili O‘zbekiston rahbari uchun “Oq uyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yo‘li ochiqligini” aytdi

AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor Shavkat Mirziyoyevga endi u uchun Oq uyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yo‘li ochiq ekanini ma’lum qildi. “Tramp sizni Vashingtonda kutyapti. gazeta.uz »

2025-9-23 09:03

AQSh Markaziy Osiyodagi axborot urushida taslim bo‘ldi, bu Rossiya va Xitoy ta’siri uchun bo‘shliq yaratdi — Deniyel Rozenblyum

AQShning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi sobiq elchisi Deniyel Rozenblyum AQSh Markaziy Osiyodagi axborot urushida “taslim bo‘lib”, Moskva va Pekinga yo‘l ochganini aytdi. U buni Trampning USAID dasturlarini yo‘q qilgani, OAVni moliyalashtirishni to‘xtatgani bilan bog‘lab: “Hozir eng katta muammomiz - o‘zimiz”, - dedi. gazeta.uz »

2025-9-22 09:03

O‘zbekiston va AQSh Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi kuzda bo‘lib o‘tadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi joriy yilning kuzida bo‘lib o‘tishi ta’kidlandi. gazeta.uz »

2025-8-28 18:28

AQSh paxtasi O‘zbekistonga to‘qimachilik brendlariga chiqish yo‘lini ochadi — ISSV

Tarmoqlarda O‘zbekistonning AQSh paxtasini sotib olish rejalariga oid xabardan so‘ng mamlakatning o‘z xomashyosi bo‘lsa, bu nega kerak degan savol paydo bo‘ldi. ISSVga ko‘ra, gap premium toifadagi kiyimlar uchun yuqori navli Strict Middling tolasi haqida ketmoqda, O‘zbekistonda bunday tolani yetishtirib bo‘lmaydi. gazeta.uz »

2025-8-15 13:32

Putin Mirziyoyevga AQSh prezidentining maxsus vakili bilan muzokaralar natijalari haqida ma’lumot berdi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSh rahbarining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan muzokaralar yakunlari haqida ma’lumot berdi. Avvalroq ushbu muzokaralarda Rossiya va AQSh “yaqin kunlarda” Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgani xabar qilingandi. gazeta.uz »

2025-8-8 12:42