Interpol qidiruvidagi 4 o‘zbekistonlik AQSh va Turkiyadan chiqarib yuborildi
Interpol qidiruvidagi 4 nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qilish masalasi hal etildi, deb xabar bermoqda IIV. Ularning 2 nafari AQShdan, qolganlari Turkiyadan chiqarib yuborildi. Fuqarolar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. gazeta.uz »