O‘zbekiston va AQSh Eksimbanki hamkorlikni kengaytirmoqchi
Shavkat Mirziyoyev va AQSh Eksport-import banki bosh direktori Jon Yovanovichning Vashingtondagi uchrashuvida O‘zbekiston va bank o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Gap energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, IT va boshqa sohalardagi loyihalar haqida ketmoqda. gazeta.uz »