Taxtaqorachada pulli tunnel qurish bo‘yicha bu yil shartnoma imzolaymiz — transport vaziri
Transport vaziri Ilhom Mahkamov 2025-yilda Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish loyihasini ishlab chiqishni yakunlab, xususiy tadbirkor bilan shartnoma imzolanishini ma’lum qildi. Tunnel 7 km bo‘ladi, uni qurish uchun 3 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda. gazeta.uz »