Bosh prokuratura Bo‘rijar kanalida erkak cho‘kib ketgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda
“Gazeta.uz” Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 43 yoshli erkak cho‘kib ketgani haqida reportajni e’lon qilganidan so‘ng Bosh prokuratura tergovga qadar tekshiruv boshladi. O‘z navbatida, suvga tushib ketgan qizni qutqarishda jasorat ko‘rsatgan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirildi. gazeta.uz »
