Belarusdan O‘zbekistonga ilk “Slavyan karvoni” yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
Belarusdan O‘zbekistonga ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovchi “Slavyan karvoni” yuk poyezdi yo‘lga chiqdi. U yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlari, oziq-ovqat va omuxta yemni olib keladi. Qaytish yo‘nalishida esa Belarusga O‘zbekistonning qovunlari, quritilgan mevalari va to‘qimachilik mahsulotlari tashiladi. gazeta.uz »
