Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi
Namangan viloyatida tuman bosh arxitektori avtoyuvish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga pora olayotganida gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Farg‘ona viloyatida esa tuman bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari pul evaziga oliygohga o‘qishga kirishda yordam berishni va’da qilgani aytilmoqda. gazeta.uz »






