Toshkentdagi ko‘p qavatli uy liftlarida 37 mingdan ortiq nosozlik aniqlandi
Toshkentdagi ko‘p kvartirali uylarda o‘rnatilgan 9147 ta lift tekshirilib, jami 37 103 ta kamchilik aniqlandi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hududiy boshqarmasi, shuningdek, poytaxtdagi qurilish obyektlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va attraksionlarda ham bir qator kamchiliklarni aniqladi. gazeta.uz »
