Ichki ishlar vaziri Buxoroda IIBning qator mansabdorlarini ishdan oldi
IIV rahbari Aziz Toshpo‘latov o‘tkazgan yig‘ilishda Buxoro viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Buxoro shahri IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, G‘ijduvon tumani IIB boshlig‘ining ikki o‘rinbosari hamda Kogon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi. Yana qator mulozimlarga intizomiy jazolar qo‘llandi. gazeta.uz »











































