Isroil G‘azoga ketayotgan kemani qo‘lga oldi, unda faollar, jumladan, Greta Tunberg bor
Isroil G‘azodan taxminan 200 km uzoqlikdagi xalqaro suvlarda Madleen G‘azoga yordam kemasini qo‘lga oldi. Unda 12 kishilik ekipaj, jumladan, ekofaol Greta Tunberg ketayotgandi. Isroil TIV buni “e’tibor tortishni maqsad qilgan” “mashhurlarning selfi yaxtasi” deb atab, faollar vataniga qaytarilishini bildirdi. gazeta.uz »