Ðåçóëüòàòîâ: 94

Gulnora Karimovaning aktivlaridan 43,5 mln dollari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltiriladi

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari O‘zbekiston tibbiyot sohasiga, xususan, onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, 231 ta tug‘uruq muassasalariga 23 turdagi tibbiy uskunalar sotib olinyapti, 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimi o‘qitiladi. gazeta.uz »

2025-4-25 10:09

“Farg‘ona vodiysi „porox bochkasi“ emas, balki tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylandi” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov Farg‘ona vodiysi, bir vaqtlar geosiyosatchilar aytganidek, “porox bochkasi”ga emas, balki imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylanganini qayd etdi. “Eski bashoratlarni unutish vaqti keldi”, - deya yozdi u. gazeta.uz »

2025-4-17 14:06

Farg‘ona derbisi, Superkubokdan avvalgi Superkubok, “Paxtakor"ni qabul qiladigan Qosimov. Superliga 2-tur anonsi

14-mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi boshlanadi. Turni “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi Farg‘ona viloyat derbisi ochib beradi. 2-turning so‘nggi o‘yini yakshanba kuni Olmaliqda - OKMK va “Paxtakor” o‘rtasida o‘tadi. U turning eng markaziy o‘yini deya e’tirof etilyapti. gazeta.uz »

2025-3-14 16:07

Farg‘ona aeroportida S7 aviakompaniyasi samolyoti g‘ildiragida nosozlik yuz berdi

S7 aviakompaniyasining Novosibirskdan uchgan samolyoti Farg‘ona aeroportiga qo‘nish jarayonida g‘ildiragining yarmidan ayrildi. Yo‘lovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushirilgan. Yo‘lak yopilgani sababli bitta reys Toshkentga yo‘naltirilgan. Aeroport 2 soatdan so‘ng odatdagi ish rejimiga qaytgan. gazeta.uz »

2025-3-13 09:43

“Ona, avariyaga uchradim, meni qamab qo‘yishmoqchi”. Poytaxt IIBB firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi

Toshkent IIBB firibgarlikning yangi turidan ogoh etdi. Bunda noma’lum shaxs qariyalarga qo‘ng‘iroq qilib, ularga o‘zini qizi yo nevarasi deb tanishtiradi va YTHga uchraganini aytadi. Telefonni soxta tergovchi olib, hodisaga qariyaning yaqini sababchiligini bildiradi va qamoqqa olmaslik uchun pul so‘raydi. Batafsil. gazeta.uz »

2024-4-1 11:08

12