Rossiyada yong‘inda halok bo‘lgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarildi
Rostov viloyati Bataysk shahridagi uyda chiqqan yong‘in oqibatida voyaga yetmagan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Uning hujjatlari yonib ketgani sabab jasadni vatanga qaytarishda muammo yuzaga kelgan. Bosh konsulxona ko‘magida marhumning jasadi Krasnodar-Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga olib kelindi. gazeta.uz »
