2025-5-13 08:53 |
Qozog‘istonda YTH sababli onasidan ajralgan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi. U xolasi hamrohligida vatanga olib kelindi va buvisining qaramog‘iga topshirildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
2025-5-13 08:53 |
Qozog‘istonda YTH sababli onasidan ajralgan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi. U xolasi hamrohligida vatanga olib kelindi va buvisining qaramog‘iga topshirildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendum 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Qasim-Jomart Toqayev bu haqdagi farmonni imzoladi. Mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni Qozog‘iston prezidentining bir palatali parlamentga o‘tish tashabbusi bilan boshlangandi. gazeta.uz »
2026-02-11 19:45
Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida yo‘lovchi avtobusi ariqqa ag‘darilib ketdi. Oqibatda 5 kishi, xususan, 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. O‘zbekiston FVV marhumlarning jasadini vatanga olib kelish choralari ko‘rilayotganini bildirdi. gazeta.uz »
2025-12-07 13:47
Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash taklif qilinmoqda (messenjerlar mustasno). Onlayn platformalardan ham mamlakatda o‘z vakolatxonalarini ochishni talab qilishmoqchi. gazeta.uz »
2025-12-05 13:17
Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida salonida yo‘lovchilar, jumladan, 54 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Aqtobedagi Bosh konsulxona ularga zarar yetmaganini ma’lum qildi. Yo‘lovchilarga oziq-ovqat va boshpana berilgan, ular boshqa avtobusda mamlakatga qaytadi. gazeta.uz »
2025-12-01 22:43
Qozog‘iston sudi 23 yoshli Yana Legkodimovaga nisbatan shov-shuvli qotillik ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Ishda ayblanuvchilar begona emas - Yana bilan munosabatda bo‘lgan Rizuan Xayrjanov va uning do‘sti Altinbek Katimov. Ular umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. gazeta.uz »
2025-11-17 15:05
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi avtomobil yo‘lida to‘xtab qolgan avtobusdan 36 nafar yo‘lovchi (13 nafari bolalar) evakuatsiya qilindi, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Yomg‘ir va sovuq havo sharoitida sayohatchilar isitish punktiga yetkazilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan. gazeta.uz »
2025-11-13 15:08
Qozog‘istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga olib kelindi. Ulardan ikki nafari yaqinlari bag‘riga qaytariladi, boshqasi esa oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. gazeta.uz »
2025-10-14 19:16
Qozog‘istonda nikoh tuzishga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchga kirdi. Jazo jinoyat holatiga bog‘liq bo‘lib, katta miqdorda jarima, axloq tuzatish ishlari va 2 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. gazeta.uz »
2025-09-16 14:48
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish korxonasida portlash yuz berdi, oqibatda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Migratsiya agentligi marhumlarning jasadini vatanga qaytarish ishlarini tashkil etmoqda. gazeta.uz »
2025-09-13 21:58
Qozog‘istonning Turkiston viloyati Keles tumanida 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 8-sinf qizni zo‘rlagani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi. U qizchaning ojizligidan foydalanib, uni bir necha marta o‘z xohishiga qarshi jinsiy aloqaga majburlagan. Qiz homilador bo‘lib qolgach, onasi voqeadan xabar topgan. gazeta.uz »
2025-09-04 10:38
Qozog‘istonda hokimiyatda endi oila-klan tizimi yo‘q, davlat xizmatida meritokratiya tamoyili qaror topmoqda, dedi prezident Qosim-Jomart Toqayev. Uning ta’kidlashicha, mamlakat o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. gazeta.uz »
2025-08-15 12:08
Qozog‘istonda 13-avgustdan boshlab Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti rasman ishlay boshladi. Uy tariflari 42 dollardan 57 dollargacha turadi. Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda. gazeta.uz »
2025-08-13 19:55
Qozog‘istonda tibbiyot xodimlariga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik va shafqatsizlik uchun jazo kuchaytirilmoqda. Tashabbusni mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qo‘llab-quvvatladi. gazeta.uz »
2025-07-23 16:57
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. U aeroportda o‘ziga vasiy etib tayinlangan yaqin qarindoshiga topshirildi. gazeta.uz »
2025-04-23 10:05
Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Yaqin qarindoshlarini topish uchun ular IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirildi. gazeta.uz »
2025-04-09 09:00
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuk mashinasi ichida 33 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, Ufa-Samarqand yo‘nalishida ketayotgan avtobus bilan to‘qnashdi. FVV xodimlari fuqarolarni evakuatsiya qildi. Jabrlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
2025-03-02 15:12
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida o‘zbekistonlik oilaning 7 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ularning 5 nafari bolalardir. Ular mamlakatda vaqtincha yashayotgan bo‘lgan. Viloyat hokimligi hodisa yuzasidan komissiya tuzilgani, dafn marosimi o‘tkazilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »
2025-03-02 14:51
Qozog‘istonda Parlament Majlisi deputati xorijiy agentlar to‘g‘risidagi tegishli qonunni qabul qilishni taklif etdi. “Qozog‘istonliklar o‘zgalar o‘yinining asiri bo‘lishni istamaydi”, - degan deputat mamlakatda 200 ga yaqin nodavlat tashkilot xorijdan moliyalashtirilishini ta’kidladi. gazeta.uz »
2025-02-13 09:08
Qozog‘iston FVV nosozlik tufayli yo‘lda qolib ketgan mikroavtobusdagi 24 nafar chet el fuqarosi (jumladan, 4 bola)ni evakuatsiya qildi. Ular O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir. Hech kim jarohat olmagan. gazeta.uz »
2025-02-11 11:14
Qozog‘istondagi birinchi AES uchun texnologiya yetkazib beruvchilar short-listiga to‘rt mamlakat, jumladan, Rossiyaning “Rosatom” va Xitoyning CNNC kompaniyalari kiritildi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev hukumatga AES qurilishini jadallashtirish va yadro klasterini yaratishni boshlashni buyurgandi. gazeta.uz »
2025-02-04 17:54
Qozog‘istonda “budjet inqirozi” fonida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 dan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda. Ayni vaqtda ish beruvchilarning ijtimoiy solig‘i va majburiy pensiya to‘lovlarini bekor qilish taklif qilinmoqda. gazeta.uz »
2025-01-31 13:58
Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlar bilan narxlardagi tafovutni bartaraf etish va “kulrang” eksport xavfini minimallashtirish maqsadida benzin va dizel narxlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish rejalarini e’lon qildi. gazeta.uz »
2025-01-17 19:07
Qozog‘istonda korrupsionerlarga oid oshkora reyestr paydo bo‘ladi. Unga og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. gazeta.uz »
2025-01-15 19:46
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boku-Grozniy reysi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi tirik qolgan, ulardan 22 nafari shifoxonaga yotqizilgan. gazeta.uz »
2024-12-25 10:45
Qozog‘iston Milliy banki tenge kursining keskin tushishi sababli asosiy foiz stavkasini 14,25 foizdan 15,25 foizgacha ko‘tarishga qaror qildi. Shuningdek, inflatsiya va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha bashoratlar salbiy tomonga o‘zgartirildi. gazeta.uz »
2024-11-29 12:41
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollarlik aktivlar davlat daromadiga o‘tdi, ularning egalari boylikning qonuniyligini isbotlay olmagan. Rasmiylar mablag‘ning sport obyektlari qurilishiga sarflanishini ma’lum qildi. gazeta.uz »
2024-11-11 16:09
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi. gazeta.uz »
2024-11-11 09:37
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi. gazeta.uz »
2024-10-27 07:36
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
2024-10-16 14:15
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum “keng umummilliy muloqotning yana bir ko‘rinishi” va “eshituvchi davlat” konsepsiyasini amalga oshirishning yorqin namunasi bo‘ladi. gazeta.uz »
2024-09-02 15:41
Turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan uch bola (17, 12 va 2 yoshda) O‘zbekistonga qaytarildi. gazeta.uz »
2024-08-28 07:31
Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan 12 va 17 yoshli o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi. Qizlarning opasini ularga vasiy etib belgilash ishlari ketmoqda. Erkakka nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar sudga yuborildi. gazeta.uz »
2024-08-26 08:42
Ostonada Qozog‘istondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha so‘nggi ommaviy eshituvlar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev AES bo‘yicha referendum kuzda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. gazeta.uz »
2024-08-22 22:02
Qozog‘istonda erkak o‘z vasiyligidagi o‘zbekistonlik qiz jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi. Hozirda 12 va 17 yoshli qizlarga vasiy tayinlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. gazeta.uz »
2024-06-19 07:43
Olmaota shahrida o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-06-13 09:37
Qozog‘istonning Olmaota shahrida noqonuniy migratsiya bo‘yicha reydlarda 27 nafar o‘zbekistonlik ushlandi. Ulardan 3 nafariga ma’muriy javobgarlik tayinlandi, qolganlari ish joyiga qaytarildi. Mamlakat bo‘ylab migratsiya huquqbuzarliklarini aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »
2024-06-10 13:10
Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Lada Largus mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish bilan kasalxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
2024-06-09 07:59
Qozog‘iston hukumati Rossiya qonunchiligini buzgan yoki jarima to‘lamagan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olishni boshladi. Avvalroq TIV Qozog‘iston va Rossiya ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etishga kelishib olgani haqida ogohlantirgan edi. gazeta.uz »
2024-05-17 17:52
Qozog‘iston prezidenti chekilmaydigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar, ularning suyuqliklarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. gazeta.uz »
2024-04-22 18:54
Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlarga yonilg‘i chiqib ketishi va “kulrang” eksportning oldini olish maqsadida xorijliklar uchun benzin va dizel narxini oshirish bo‘yicha buyruq loyihasini tayyorladi. gazeta.uz »
2024-04-13 07:54
Qozog‘istonda 76 mingdan ortiq odam xavfli suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qilindi, mamlakatning 10 ta hududida favqulodda holat e’lon qilindi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev ushbu toshqinlarni so‘nggi 80 yildagi eng dahshatli ofat deb atadi. gazeta.uz »
2024-04-08 20:03
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. gazeta.uz »
2024-04-04 07:50
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi - O‘zbekiston fuqarolari - halok bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-04-03 18:56
Qozog‘istonning Aqmola viloyatida sovuq havoda nosoz avtobusda qolib ketgan 64 nafar o‘zbekistonlik, jumladan, 17 nafar bola evakuatsiya qilindi. Yo‘lovchilar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagani ta’kidlandi. gazeta.uz »
2024-02-16 08:38