Qozog‘istonda 8-sinf qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Qozog‘istonning Turkiston viloyati Keles tumanida 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 8-sinf qizni zo‘rlagani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi. U qizchaning ojizligidan foydalanib, uni bir necha marta o‘z xohishiga qarshi jinsiy aloqaga majburlagan. Qiz homilador bo‘lib qolgach, onasi voqeadan xabar topgan. gazeta.uz »

