Senatorlar Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi
Senat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot, budjet, moliya, soliq, ijtimoiy soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda. gazeta.uz »
















