Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi — prezident
Shavkat Mirziyoyev ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘lishini aytdi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi. gazeta.uz »