Guliston, Shirin shaharlari va Sirdaryoning ayrim tumanlari chegaralarini o‘zgartirish reja qilinmoqda
Deputatlar Sirdaryoning Guliston va Shirin shaharlari chegaralarini kengaytirishni ma’qulladi. Boyovut va Guliston tumanlaridan 1748 gektar yer shaharlar tarkibiga o‘tkaziladi. Bundan maqsad aholiga qulaylik yaratish va infratuzilmani rivojlantirishdir, dedi hokimiyat vakili. Yer toifalari o‘zgarishsiz qoladi. gazeta.uz »