Bolgariyada ukrainalik qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit cho‘kib ketdi
Bolgariyaning Kavatsite sohilida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi dengizda ukrainalik qizni qutqarmoqchi bo‘lgan vaqtida cho‘kib ketdi. Uning jasadi voqeadan ikki kun o‘tgach, suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqildi. gazeta.uz »


