Ðåçóëüòàòîâ: 76

Chilonzorda o‘quvchini urgan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi. Jazo uning boshqa huquqbuzarligi uchun berildi

Toshkentdagi 188-maktabda o‘quvchini urgan sinov muddatidagi o‘qituvchi voqeaning ertasi kuni qizi o‘qiyotgan boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bilan tortishib, unga kuch ishlatdi. Ayol Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan. Buning ortidan unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi. gazeta.uz »

2024-9-26 11:41

Toshkent va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Shuningdek, 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2024-9-25 15:18

Hoqon Shukur va uning AQShga surgun qilinishi: “Voldemortning yaxshi versiyasiga o‘xshayman — nomim aytilmasligi kerak”

The New York Times’ning sport ilovasi - The Atletic’da jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol muallifi, eng mashhur turk futbolchilaridan biri Hoqon Shukurning nomi qanday qilib “Turkiya tarixidan o‘chirilgani” haqida maqola e’lon qilindi. “Gazeta.uz” maqolani o‘zbek tiliga o‘girdi. gazeta.uz »

2024-9-24 18:02

“Uning o‘rnida bo‘lganimda men ham yig‘lardim”. Diyora Keldiyorova — Uta Abening mag‘lubiyatdan keyingi reaksiyasi haqida

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova so‘nggi 5 yil ichida ilk bor mag‘lub bo‘lgan raqibi Uta Abening o‘rnida o‘zi ham yig‘lagan bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dzyudochilar Olimpiadaga chiqish va g‘alaba qozonish uchun katta kuch sarflaydi, ertalabdan kechgacha mashq qiladi, shaxsiy hayotini unutadi. gazeta.uz »

2024-7-31 15:47

DXX to‘g‘risidagi qonunga uning faoliyatida qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning usullari, shakllari va maxsus vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning faoliyatida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura nazorati predmetidan chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-6-29 07:25

“Hayratlanmasa, odam muzeyni unutadi”. Toshkentdagi Qovoq uy-muzeyi va uning asoschilari haqida

Toshkentda Qovoq uy-muzeyi ochilganiga salkam 20 yil bo‘ldi. Unda qovoqning 50 dan ortiq turi bor; mahorat darslari, qo‘g‘irchoq teatrlari bo‘ladi. “Gazeta.uz” muzey asoschilari bilan uning ochilish tarixi, xizmatlari va alohida e’tiborga muhtoj bolalar bilan ishlashning o‘ziga xosliklari haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2024-5-18 16:35

Samarqandda bolani uning vasiysi kishanlab qo‘ygan — bolalar ombudsmani

Samarqandda kishanlangan bola harbiy sport maktabida o‘qigan. “Xulqi og‘irligi” uchun uni voyaga yetmaganlar markaziga yubormoqchi bo‘lishgan. “Bolaga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, - dedi bolalar ombudsmani. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham holatni nazoratga oldi. gazeta.uz »

2024-3-18 08:10

12