Bitkoin kursi tarixda birinchi marta 80 ming dollardan oshdi
Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi fonida bitkoin kursi o‘sishda davom etmoqda. 11-noyabr kuni kriptovalyuta kursi 81 ming dollardan yuqoriga ko‘tarildi. Tramp o‘zining saylov kampaniyasi davomida AQShni “sayyoraning kripto poytaxtiga” aylantirishga va’da bergandi. gazeta.uz »


