Andijonda to‘rt kishi poliklinikadagi oqova suv bunkerida zaharlanib halok bo‘ldi
Marhamat tumanida markaziy poliklinikaning to‘rt nafar texnik xodimi oqova suv bunkerida gazdan zaharlanib halok bo‘ldi. Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, ular chiqindi sig‘imini tozalash va ta’mirlash uchun tushgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »