Toshkentning to‘rt tumani soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Toshkentning Olmazor, Uchtepa, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, tayinlovlar davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlar zaxirasini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan. gazeta.uz »
