Ðåçóëüòàòîâ: 135

O‘zbekistonda tug‘ilgan Nariman Jelal Ukrainaning Turkiyadagi elchisi bo‘ldi

Qrim-tatar siyosatchisi, jurnalist va huquq himoyachisi Nariman Jelal Ukrainaning Turkiyadagi yangi elchisi bo‘ldi. U O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan va bolaligida Qrimga ko‘chib ketgan. Rossiya uni 2022-yilda 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi, ammo u 2024-yilda mahbuslar almashinuvida ozod etilgan. gazeta.uz »

2025-5-15 10:17

Shveysariya elchisi o‘zbekistonliklarni ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchsiga ko‘ra, ushbu davlatga soxta ishga taklif qilish va qalbaki ishlash ruxsatnomalari bilan bog‘liq murojaatlar soni ortgan. “O‘zbekistonda yashab, Shveysariyada ish qidirayotgan bo‘lsangiz, firibgarlik qurboni bo‘lib qolishdan o‘zingizni himoya qiling”, - deydi Konstantin Obolenskiy . gazeta.uz »

2025-3-28 15:55

Aktyor va boshlovchi Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. U Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyati va brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda mamlakat salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalarni chop etishga ko‘maklashadi. gazeta.uz »

2024-8-30 08:27

Lukashenkoning bayonotidan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi

Aleksandr Lukashenko MDHning ba’zi davlatlari Rossiyadan faqat foyda olishga intilayotgani haqida gapirgandi. U misol sifatida KXSHTning Qozog‘istondagi yanvar voqealaridagi harakatini eslatdi. Bayonotdan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi va Ostona pozitsiyasini xolisona baholash so‘raldi. gazeta.uz »

2024-8-22 15:39