Ðåçóëüòàòîâ: 300

O‘zbekistonga iPhone 17 olib kirish qanchaga tushadi? Bojxona qo‘mitasi tushuntirdi

Bojxona qo‘mitasi xorijdan olib kiriladigan mobil qurilmalar uchun to‘lovlar haqida ma’lumot berdi. Bojsiz me’yor havo transportida $1000, temiryo‘lda $500, avtomobil (piyoda) $300 dollar bo‘lib, oshgan summa uchun 30 foiz boj va 103 ming so‘mlik yig‘imi undiriladi. To‘lovlar iPhone 17 Pro Max misolida. gazeta.uz »

2025-10-6 08:49

Namanganning nasos stansiyalarini modernizatsiyalash tajribasi butun O‘zbekistonga tatbiq etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi hozirda 40% kam elektr energiyasi iste’mol qilayotgan “Ayqiron-1” nasos stansiyasidagi modernizatsiya ishlari bilan tanishdi. U ikki yil ichida viloyatdagi barcha stansiyalarni uning misoli bo‘yicha yangilash va tajribani butun O‘zbekiston bo‘ylab yoyishni buyurdi. gazeta.uz »

2025-9-16 19:39

AQSh paxtasi O‘zbekistonga to‘qimachilik brendlariga chiqish yo‘lini ochadi — ISSV

Tarmoqlarda O‘zbekistonning AQSh paxtasini sotib olish rejalariga oid xabardan so‘ng mamlakatning o‘z xomashyosi bo‘lsa, bu nega kerak degan savol paydo bo‘ldi. ISSVga ko‘ra, gap premium toifadagi kiyimlar uchun yuqori navli Strict Middling tolasi haqida ketmoqda, O‘zbekistonda bunday tolani yetishtirib bo‘lmaydi. gazeta.uz »

2025-8-15 13:32

2025-yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning qariyb 93 foizini afg‘onistonliklar tashkil qildi

2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 223,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Ularning 207 536 nafari, ya’ni 92,7 foizi afg‘onistonlikdir. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (12 244 kishi) va Turkmaniston (1642) fuqarolari joylashdi. gazeta.uz »

2025-8-5 11:21

Tojikiston O‘zbekistonga Rog‘un GESidan elektr energiyasini eksport qiladi

Tojikiston Rog‘un GESidan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston bilan tuziladigan bitim loyihasini ma’qulladi. Rog‘un GESi qurilish paytida elektr energiyasi vegetatsiya davrida (1-aprel - 30-sentabr) yetkaziladi, stansiya to‘liq loyiha quvvatiga chiqqach esa yil davomida har oy yetkazib beriladi. gazeta.uz »

2025-7-17 13:24

Jahon banki gidroenergetikani rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 150 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyiha uchun 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi. Qayd etilishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘sishiga qaramay, ehtiyojlarning qariyb 10 foizi qondirilmayapti. gazeta.uz »

2025-6-25 08:11

Jahon banki gidroenergetikani rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyiha uchun 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi. Qayd etilishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘sishiga qaramay, ehtiyojlarning qariyb 10 foizi qondirilmayapti. gazeta.uz »

2025-6-25 08:11

“Eron fuqarolarining O‘zbekistonga vizasiz kirishi masalasi muhokama qilinmoqda” — elchixona vakili

Eron fuqarolarining O‘zbekistonga vizasiz kirishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar berdi mamlakatdagi elchixona vakili. Uning aytishicha, hozirda o‘zbekistonliklar Eronga yiliga ikki marta ikki haftadan sayyoh sifatida vizasiz borishi mumkin. Bundan tashqari, tibbiy turizm ham muhokama qilinyapti. gazeta.uz »

2025-6-25 07:30

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari qariyb uchdan bir qismga oshdi, MB 2025-yil uchun prognozni yaxshiladi

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 3,3 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kelib tushdi - bu o‘tgan yilga nisbatan 32% ga ko‘p. Markaziy bank buni hamkor davlatlar valyutalarining mustahkamlanishi va daromadliroq mamlakatlarga migratsiyaning o‘sishi bilan bog‘lamoqda. MB 2025-yil uchun pul o‘tkazmalari prognozini yaxshiladi. gazeta.uz »

2025-5-22 15:53