Ðåçóëüòàòîâ: 300

Jahon banki O‘zbekistonga geofazoviy ma’lumotlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun $35 mln ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonda geofazoviy ma’lumotlarning mavjudligini yaxshilash uchun $35 mln imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha yer, obyekt va infratuzilma bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga qaratilgan. JB tegishli geoma’lumotlar yo‘qligi uchun hududlarni rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch kelinayotganini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-5-20 15:44

JB O‘zbekistonga taqsimlovchi elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun $100 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga $100 mln imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. U taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishda foydalaniladi. 2024-yilda infratuzilmaning eskirgani va haddan tashqari yuklangani sababli elektr energiyasini taqsimlashda texnik yo‘qotishlar qariyb 13 foizni tashkil etgan. gazeta.uz »

2025-5-16 22:25

XVJ O‘zbekistonga soliq tizimini isloh qilish va oltin narxining davlat xarajatlariga ta’sirini yumshatishni tavsiya qildi

XVJ O‘zbekistonning budjet taqchilligini qisqartirishdagi harakatlarini ijobiy baholadi. Jamg‘arma mamlakatga korxonalar foydasi va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarni isloh qilish, samarasiz imtiyozlardan voz kechish, oltin narxining budjet xarajatlariga ta’sirini yumshatishni tavsiya qildi. gazeta.uz »

2025-4-24 14:59

O‘zbekistonga olib kiriladigan 70 toifadagi tovarlarga bojxona qiymati nazorati joriy etilmoqda

O‘zbekiston hukumati 70 toifadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechak, maishiy texnika va tagliklar importi qiymati va miqdorini nazorat qilishning yangi tartibini tasdiqladi. 1-maydan boshlab deklaratsiya qilinayotgan narx oxirgi 90 kundagi o‘rtacha narxning 80 foizidan past bo‘lishi mumkin emas. gazeta.uz »

2025-4-24 20:47

“Bu pullar o‘zbek xalqiniki”. Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 67 mln dollarlik aktivlari nimalarga sarflanmoqda?

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan pullarining bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi. Qanday qilib va qaytgan pullar nimalarga sarflanyapti? Jarayonni nazorat qilish uchun BMT shafeligida tashkil etilgan “Ishonch” jamg‘armasi kotibiyati rahbari Yonas Astrup “Gazeta.uz”ga shu haqda intervyu berdi. gazeta.uz »

2025-4-23 18:01

“Gazimiz uchta O‘zbekistonga yetgan bo‘lardi, agar aholi ko‘nikib qolgan iste’mol madaniyati bo‘lmaganida” — Azim Axmedxadjayev

“O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev sobiq energetika vaziri Alisher Sultonovning so‘zlariga izoh berar ekan, “agar aholi o‘rganib qolgan iste’mol madaniyati bo‘lmaganida, gaz uchta O‘zbekistonga yetgan bo‘lardi”, dedi. Ammo iqtisodchilar boshqa muammolarga ishora qilishadi. gazeta.uz »

2025-3-25 15:41

Xitoylik investorlar O‘zbekistonga xavf solayotgani yo‘q — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov Xitoy investitsiyalari O‘zbekistonga xavf solayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. “Chet ellik investorlar O‘zbekistonda yer sotib ololmaydi, loyihalarda ish o‘rinlarining aksariyatini o‘zbekistonliklar egallaydi”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-3-17 15:19

Wizz Air aviakompaniyasi endi O‘zbekistonga qo‘yilgan reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatadi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi Wizz Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishini ma’lum qildi. Ekipaj a’zolari uchun muomala madaniyati, har bir mamlakatning parvozga aloqador qonunlari va tartib-taomillari hamda aviayo‘lovchilarni hurmat qilish bo‘yicha trening kurslari yo‘lga qo‘yilgan. gazeta.uz »

2025-3-6 10:49

Barodarning O‘zbekistonga tashrifi: Afg‘onistondagi gaz va sement zavodiga sarmoya kiritish, bojlarni kamaytirish va savdo imtiyozlari

Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari v.b. Abdulg‘ani Barodar O‘zbekistonda bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi. 10 ta mahsulotga bojlarni kamaytirish, O‘zbekistonning gaz qazib olish va sement zavodiga investitsiya kiritish, elektr uzatish liniyasini 30 mln dollarga arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. gazeta.uz »

2025-2-24 12:43

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 30 foizga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2023-yilga nisbatan 3,4 mlrd dollar (30 foiz)ga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan kelib tushdi. Buyuk Britaniyadan o‘tkazmalar 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQShdan 35 foizga hamda YeIdan 32 foizga oshdi. gazeta.uz »

2025-1-20 13:35