O‘zbekistonga 2024-yilda 24 mingdan ortiq elektromobil import qilindi
2024-yilda O‘zbekistonga 224,8 million dollarlik 24 095 ta elektromobil olib kirildi. Ulardan 23 982 tasi Xitoydan import qilingan. gazeta.uz »
çáåêèñòîíãà - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
2024-yilda O‘zbekistonga 224,8 million dollarlik 24 095 ta elektromobil olib kirildi. Ulardan 23 982 tasi Xitoydan import qilingan. gazeta.uz »
O‘zbekiston Shveysariya bilan Gulnora Karimovaning aktivlarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi. Shveysariya yana 182 mln dollarni O‘zbekiston xalqiga BMTning Uzbekistan Vision 2030 ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarishi kutilmoqda. gazeta.uz »
Prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonga 2025-yilning ilk oyida 3 mlrd dollar xorijiy investitsiya kelgani ma’lum qilindi. Fevralda ham shuncha sarmoya jalb qilish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
2024-yilda O‘zbekiston yana gazni eksportdan ko‘ra ko‘proq import qildi va sof importyor maqomini saqlab qoldi. Import qiymat jihatdan 2,4 barobar - $1,68 milliardgacha o‘sdi. Eksport ham oshdi - $627,6 milliongacha yoki 18,4%. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Donald Trampni AQSh prezidenti lavozimga kirishgani bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Maktubda Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi. gazeta.uz »
Øàâêàò Ìèðçè¸åâ Äîíàëüä Òðàìïíè òàøðèô áèëàí ¡çáåêèñòîíãà êåëèøãà òàêëèô ýòäè. ru.sputniknews-uz.com »
2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2023-yilga nisbatan 3,4 mlrd dollar (30 foiz)ga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan kelib tushdi. Buyuk Britaniyadan o‘tkazmalar 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQShdan 35 foizga hamda YeIdan 32 foizga oshdi. gazeta.uz »
Qozog‘iston hukumati kartoshka eksportini olti oyga chekladi. Qaror bu mahsulotning, xususan, O‘zbekistonga eksport hajmi oshishi va narxi keskin ko‘tarilishi fonida qabul qilindi. 11 oy ichida O‘zbekiston import qilgan kartoshkaning deyarli 75 foizi Qozog‘istondan olib kelingan. gazeta.uz »
Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan 34 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi. U fuqarolarning hujjatlarini olib qo‘ygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan. gazeta.uz »
2024-yilda 483 nafar o‘zbekistonlik migrantning jasadi Vatanga qaytarildi. Shundan 474 nafari Rossiyadan, 5 nafari Turkiyadan, qolgani Janubiy Koreya va Qozog‘istondan olib kelingan. Migratsiya agentligidan ma’lum qilishlaricha, jasadlarni olib kelish xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplangan. gazeta.uz »
O‘zbekistonga yangi mobil qurilma olib kirishda endi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish kerak, aks holda qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Yangi talab 2024-yil boshidayoq joriy qilingandi. gazeta.uz »
Turkiyaning Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyida bo‘lgan 15 yoshli bola buvisi hamrohligida vatanga qaytarildi. Unga muassasadan qochgani uchun qidiruv, buvisiga esa uni “tashkillashtirgani” uchun ayb e’lon qilingan. gazeta.uz »
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning fevral oxirida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. U tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi va muhim savdo kelishuvlariga imzo chekishi rejalashtirilgani xabar qilindi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda avtomobillar importi tarkibi o‘zgardi. Ilgari benzinli avtomobillar yetakchilik qilgan bo‘lsa, 2024-yilda birinchi marta elektromobil va gibrid avtomobillar importi hajmi ulardan oshib ketdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 59 turdagi oziq-ovqat va boshqa tovarlar, jumladan, go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarga import bojining nol stavkasi qo‘llanishi 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Qaror ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 59 turdagi oziq-ovqat va boshqa tovarlar, jumladan, go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarga import bojining nol stavkasi qo‘llanilishi 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Qaror ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. gazeta.uz »
Prezident Shavkat Mirziyoyev noyabrda Falastin muammosiga bag‘ishlangan sammitda O‘zbekiston G‘azodagi urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyorligini bildirgandi. gazeta.uz »
Yuz nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar o‘z hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga vaqtincha evakuatsiya qilindi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi. gazeta.uz »
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan ayol va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Ayol turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan sentabrda vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovskka borgan. Biroq erkak noqonuniy migratsiya sabab qo‘lga olingan. gazeta.uz »
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov turkman tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldi. Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan qo‘shma gaz loyihalarini ham muhokama qildi. gazeta.uz »
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati yashil master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga 9 mln yevro miqdorida grant ajratadi. Bu bo‘yicha mamlakat Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda jamiyat o‘rtasida kelishuv imzolandi. gazeta.uz »
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 12,6 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ko‘paydi. Pul o‘tkazmalari AQShdan 37 foizga, Janubiy Koreyadan 71 foizga, Buyuk Britaniyadan 76 foizga hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga o‘sgan. gazeta.uz »
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostona muzokaralari yakunida Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini ko‘paytirish rejalarini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Rossiyaning Novosibirsk va Moskva shaharlarida qarovsiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular ota-onasining ishonchnomasi asosida yaqin qarindoshlari bilan RFga borgan, ammo bu yuridik kuchga emas, deb tushuntirdi IHMA. gazeta.uz »
Firibgarlikda ayblanib 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIOga murojaat qilishlari so‘ralmoqda. gazeta.uz »
2025-yildan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilardan quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlarni olib kirishga taqiq joriy etiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)dan “yashil” sanoatlashtirishda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida yana 3 mln yevro miqdorida grant oladi. gazeta.uz »
Òîìñê âèëîÿòè ãóáåðíàòîðè Âëàäèìèð Ìàçóð ¡çáåêèñòîíäà á¢ëèá òóðèáäè. ru.sputniknews-uz.com »
Òîìñê âèëîÿòè ãóáåðíàòîðè Âëàäèìèð Ìàçóðíèíã ¡çáåêèñòîíãà òàøðèô áóþðàäè. ru.sputniknews-uz.com »
2024-yil oxirigacha O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 15 mlrd dollargacha, 2027-yilga borib esa 20 mlrd dollargacha o‘sishi mumkin. Yuqori daromadli mamlakatlardan o‘tkazmalar hisobiga pul oqimlari manbalari yanada diversifikatsiya qilinishi kutilmoqda. gazeta.uz »
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barcha mavjud vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deb ta’kidladi elchi Toyvo Klaar. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi “yaqin kelajakda” Bryusselda, YI-Markaziy Osiyo birinchi sammiti esa 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrik yo‘lladi. Davlat rahbari uning davrida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi sheriklikning yangi davri boshlanganini eslab, Trampni O‘zbekistonga taklif qildi. gazeta.uz »
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshib, 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Polsha va BAAdan tushumlar keskin oshdi, Rossiyaning ulushi esa pasayishda davom etmoqda. gazeta.uz »
AQShning SpaceX va Buyuk Britaniyaning Surrey Satellite Technology kompaniyalari O‘zbekistonning milliy kosmik dasturini ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini beradi. gazeta.uz »
Senatorlar ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. gazeta.uz »
Prezidentga taqdimotda aytilishicha, O‘zbekistonga so‘nggi yetti yilda jami 78 mlrd, jumladan, 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 23,7 mlrd dollarlik xorij investitsiyasi kirib kelgan. Bu orqali 1800 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarila boshlagan, 120 ta yirik quvvat ishga tushgan. gazeta.uz »
IHMA oktabr oyi davomida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelinmoqda. Tez orada yana bir guruh bolalar keltiriladi. gazeta.uz »
AQSh o‘zining USAID dasturi orqali 435 ming dollarlik 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazdi. Mazkur insonparvarlik yordami 145 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga hamda aholining ehtiyojmand qatlamiga tarqatiladi. gazeta.uz »
World Boxing xalqaro sport federatsiyasi prezidenti Boris van der Vorst O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. U sport rasmiylariga tashkilotning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Yakunda O‘zbekistondan kuchli qo‘llov olganidan xursandligini bildirdi. gazeta.uz »
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. U ijtimoiy himoya tizimi, temiryo‘l va energetika sohalari, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va boshqa sohalarni qamrab oladi. gazeta.uz »
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Hududgazta’minot” hamda Climate Compass shu’ba korxonasi GasGreen Asia’ning qo‘shma loyihasi natijalarini e’tirof etdi. 2023-yil mart oyidan buyon 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishi bartaraf etildi, shu sabab chiqindi hajmi qisqardi va millionlab dollar iqtisod qilindi. gazeta.uz »
Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Eron ustidagi havo hududi yopilgani sababli O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Xususan, chorshanba kunidagi Jidda - Toshkent - Jidda va Tehron - Toshkent - Tehron parvozlari bekor qilindi. gazeta.uz »
Shaxmat Olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyani yutib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Uchrashuvda natija durang bo‘lishi, jamoa medal olish imkoniyatini yo‘qotishi taxmin qilinayotgan paytda Nodirbek Abdusattorov g‘alabani tortib oldi. Endi ular favorit jamoa - Hindiston bilan to‘qnash keladi. gazeta.uz »
“G‘ishtko‘prik” chegara postida 22 dona qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini tegishli hujjatlarsiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Qushlar holatga aniqlik kiritilguncha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. gazeta.uz »
DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston mamlakatlaridan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni to‘xtatib qoldi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Firibgarlikda ayblanib 5 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi. gazeta.uz »
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2 yil davomida fuqarolarning umumiy hisobda 60 ming dollar miqdoridagi pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »
Bosh vazir Abdulla Aripov Parijda tarixiy natijaga erishgan Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tabriklab, ularning muvaffaqiyatida davlat rahbarining hissasini ta’kidladi. “Olimpiadada 13-o‘rin, Paralimpiadada 13-o‘rin! Balki kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”, - dedi u. gazeta.uz »
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi. Poytaxtda hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. gazeta.uz »
Firibgarlikda ayblanib, 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi. gazeta.uz »