Nazorat qiluvchi xodimlarga avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarni jarimaga tortish huquqi berildi
Transport vazirligi monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berilganini ma’lum qildi. Toshkent shahrida 11 oy davomida 19,5 mingdan ortiq yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamagani aniqlandi. gazeta.uz »




