AQShning Global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli O‘zbekistonga keldi
O‘zbekistonga AQShning Global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida maxsus vakil O‘zbekistonning Mustaqillik kuni tantanalarida qatnashadi, American Corner Tashkent markazi ochilishida ishtirok etadi va Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari bilan uchrashadi. gazeta.uz »