Ðåçóëüòàòîâ: 405

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligi har yili baholanadi

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi. Kengashlar faoliyati samaradorligi esa har yili baholab boriladi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni yangi mexanizm va shakllar bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-8-28 07:07

Fitch — O‘zbekistonning islohotlar va boshqaruvdagi taraqqiyoti, inflyatsiya va davlat qarzi haqida

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren reytingini VV- darajasida qoldirdi. Agentlik davlat qarzining past darajasi, YAIMning yuqori o‘sishi va islohotlardagi taraqqiyotni qayd etdi. Bu YAIM pastligi, davlat boshqaruvi zaifligi, lekin yaxshilanayotgani, iqtisodiyotda davlat ulushi yuqoriligi bilan muvozanatlashadi. gazeta.uz »

2024-8-27 14:23

Davlat monopoliyalarining xususiy monopoliyaga aylanishi riski bor — Farrux Karabayev

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yangi o‘yinchilarning kirib kelishidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali ichki bozorlarni ochishga chaqirdi. Uning aytishicha, samarasiz davlat korxonalarining ulushlari xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tganda, monopoliyaning yanada yomonroq versiyasi yuzaga kelishi mumkin. gazeta.uz »

2024-6-19 11:16

Hech bir davlat JSTga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan — JST bosh direktori

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ko‘ra, hech bir mamlakat tashkilotga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan. “O‘zbekiston hukumatida kuchli siyosiy irodani ko‘ryapman”, - degan bosh direktor a’zolikka da’vogarlar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonga kelganini qayd etdi. gazeta.uz »

2024-6-7 13:09

Davlat xaridlaridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarda narxlarni majburiy ochiqlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Davlat xaridlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomani tuzishdan avval mazkur shartnomadagi narxlarni oldindan majburiy tarzda jamoatchilikka ochiqlash tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu bo‘yicha prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi. gazeta.uz »

2024-5-31 19:39