Ðåçóëüòàòîâ: 405

Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaruga davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha rasman ayblov e’lon qilindi

Braziliya Bosh prokuraturasi sobiq prezident Jair Bolsonaruga 2022-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatdan so‘ng davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun fitna uyushtirganlikda rasman ayblov qo‘ydi. Respublikaning sobiq rahbari aybini rad etib, siyosiy ta’qiblar qurboni bo‘lganini aytmoqda. gazeta.uz »

2025-2-19 15:22

Prezident matbuot kotibi — PA va boshqa davlat organlarida shtatlarni qisqartirish to‘g‘risida

Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtatlari 50 foizga qisqartirilishi haqidagi ma’lumot “rasman tasdiqlanmagani”ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonning hajmi va ko‘lami tegishli o‘rganish va tahlillar o‘tkazilgandan keyingina ma’lum bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-2-7 15:40

AQSh Davlat departamenti Amerika kemalari uchun Panama kanali orqali o‘tish to‘lovi bekor bo‘lganini bildirgandi. Panama buni rad etdi

AQSh Davlat departamenti endilikda Amerika kemalari Panama kanali orqali bepul o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Panama hukumati buni rad etdi. Tramp avvalroq kanaldan o‘tish tariflari yuqoriligini aytgan va kanalni AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qilgandi. gazeta.uz »

2025-2-6 17:23

AQShda millionlab davlat ishchilariga maoshining sakkiz baravari to‘lanishi evaziga iste’foga chiqish taklif etildi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ikki million davlat xizmatchisiga sakkiz oylik maoshi evaziga ishdan bo‘shashni taklif qildi. Shu tariqa Oq uy hukumat xodimlari sonini qisqartirishga va Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarni quvib chiqarishga harakat qilmoqda. gazeta.uz »

2025-1-29 20:35

“Davlat o‘z qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda”. Komil Jalilov — xususiy oliygohlarga 4 foizli “soliq” solinishi haqida

Ko‘plab tanqidlarga qaramay, Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli “soliq solish” fikridan qaytmadi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov bitta keys orqali davlat o‘zi chiqargan qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi. gazeta.uz »

2025-1-20 17:17

“O‘tmish sarqiti”. AQSh davlat kotibligiga nomzod — O‘zbekiston va MOning boshqa davlatlariga qarshi “Jekson-Venik” tuzatishi haqida

AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod Marko Rubio Jekson-Venikning Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga kiritgan tuzatishini “o‘tmish sarqiti” deb atadi. Senatorning tuzatishlarni bekor qilish haqidagi savoliga javoban u ham buni muhim deb hisoblashini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-17 10:37