Ðåçóëüòàòîâ: 405

Davlat boshqaruvi akademiyasida har yili 100 nafar yoshlar o‘qitiladi, ular vazir va hokimlarga biriktiriladi

Shavkat Mirziyoyev endi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitilishini ma’lum qildi. Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi. gazeta.uz »

2025-6-30 13:17

Nima uchun aholining davlat xizmatchilariga bo‘lgan ishonchi past? Ekspertlar javoblari

Davlat xizmatchilari ijtimoiy ne’matlardan foydalanishni ta’minlaydi va hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Davlat xizmati forumi ishtirokchilari. Rol muhim ekan, nega fuqarolar unga har doim ham ishonishga tayyor emaslar? Gazeta ekspertlarning fikrlarini to‘pladi. gazeta.uz »

2025-6-26 08:41

“Davlat xizmati funksional jihatdan raqamli, mohiyatan insoniy bo‘lishi lozim”. Samarqanddagi forumning asosiy ma’ruzalari

Samarqandda BMTning davlat xizmati masalalariga bag‘ishlangan forumi boshlandi. Forum O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda. XXI asrda davlat xizmati qanday bo‘lishi, uni nima uchun raqamlashtirish zarurligi va xorijda bunga qanday qarashlar mavjudligi haqida batafsil Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-6-24 09:12

1-yanvardan yangi davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yilga tuziladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab yangi davlat xizmatchilari bilan dastlab 1 yillik mehnat shartnomasi tuziladi, faoliyatining ijobiy natijalari bo‘lsa, u doimiy shartnomaga aylantiriladi. Iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash hamda tanlash bo‘yicha “TOP-100” dasturi joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-6-20 14:57

Prezident: Endi xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘lishini ma’lum qildi. Prezident hozirda xususiy universitetlarda bu yo‘nalishdagi talabalarning aksari maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha tayyorlanayotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-15 14:01

Davlat xizmatchilari daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga nimalar kiritilishi mumkin va nimalar yopiq qoladi?

Olti toifadagi ma’lumotlar O‘zbekiston davlat xizmatchilarining deklaratsiyalarida oshkor etilishi majburiy bo‘lishi rejalashtirilmoqda, shu bilan birga, 20 tasi yopiqligicha qoladi. Qonun loyihasiga oid tuzatishlarni ishlab chiqishni may oxirigacha yakunlash topshirildi. gazeta.uz »

2025-4-29 13:06

O‘zbekistonda YI va BMTTD ko‘magida davlat xizmatlarini isloh qilishning yangi bosqichi boshlandi

Adliya vazirligi, YI va BMTTD davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha 4,9 mln yevrolik loyihaning yangi bosqichini boshladi. 2029-yilgacha 35 ta davlat xizmatini raqamli transformatsiyalash, 1000 nafar davlat xizmatchisini o‘qitish va mahallalarda 34 ta davlat xizmatlari ko‘rsatish shoxobchasini ochish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-4-25 13:07

O‘zbekistonda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalari sotiladi

2025-yilda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trln so‘m tushumni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqi savdoga chiqariladi. gazeta.uz »

2025-4-23 09:39

Davlat banklarga qarzdorlik evaziga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi

1-maydan boshlab O‘zbekistonda davlat ulushi bo‘lgan banklar qarzdorlik evaziga balansga olingan mol-mulklarni auksion savdosisiz bozor qiymatida sotishi mumkin. Qolaversa, banklar uchun salohiyatli investorlarga binolar, jihozlar va boshqa mulklarni tayyor biznes sifatida sotish huquqi beriladi. gazeta.uz »

2025-4-17 12:49

Davlat organlarining antikorrupsion reytingi yetakchi va autsayderlari ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxat

Antikorrupsiya qo‘mitasi O‘zbekistondagi 102 ta davlat organida korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligi reytingini e’lon qildi. 2024-yil uchun o‘rtacha ball 4,9 ballga yaxshilandi. Qoniqarsiz baho olgan tashkilot rahbarlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga hisobot beradi. gazeta.uz »

2025-4-11 20:12