Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi
Andijon viloyatida tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan guruh a’zolari ushlandi. Ular qotilga kelishilgan 1500 dollardan dastlabki pulni berayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
