Islom sivilizatsiyasi muzeyida salkam 52 metrli miniatyuralar panoramasi yaratiladi
Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” - 52 metrli miniatyura panoramasi yaratilmoqda. 50 rassom ishlayotgan loyiha Ikkinchi renessansga bag‘ishlangan. Ko‘rgazmada Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hayotidan turli epizodlar aks ettiriladi. gazeta.uz »
