Ðåçóëüòàòîâ: 75

2024-yilda Toshkent aholisining Xalq nazorati’ga murojaatlarining asosiy qismi UJKXga doir bo‘ldi

Xalq nazorati xizmati 2024-yildagi faoliyati natijalarini taqdim etdi. Toshkent aholisi o‘tgan yilgidan 1,5 karra ko‘p murojaat yubordi, 89,6 foizi ko‘rib chiqildi va yopildi. Aksariyati kommunal xo‘jaligi muammolari bilan bog‘liq, 20 foizi daraxt kesish va chiqindi, 10 foizga yaqini yo‘l va trotuar holatiga oid. gazeta.uz »

2025-1-14 00:08

O‘zbekiston 2024-yilda: siyosat, iqtisodiyot va jamiyatdagi asosiy voqeliklar

2024-yilda O‘zbekistonda parlament saylovi bo‘ldi, energiya tariflari keskin oshdi, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida uzoq kutilgan qonun qabul qilindi, mamlakat Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘alabalarga erishdi… O‘tayotgan yil yakunlari - “Gazeta.uz” obzorida. gazeta.uz »

2024-12-31 16:11

“Asakabank” 2024-yilda tadbirkorlikni rivojlantirishga 2,1 mlrd dollar, BRB esa 1,5 mlrd dollar jalb qilmoqchi

“Asakabank” biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yilda 2,1 mlrd dollar jalb qilishni, “Biznesni rivojlantirish banki” esa investitsiya loyihalariga 1,5 mlrd dollar ajratishni reja qilmoqda. Bank faqat kredit beradigan markaz emas, zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasi bo‘lishi kerak, dedi prezident. gazeta.uz »

2024-5-30 07:28

2024-yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan — Transport vazirligi

Hozirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha 196 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va yil boshidan buyon 173 ming yo‘lovchi tashilgan. Transport vazirligi yil oxirigacha yana 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-5-13 17:49

O‘zbekiston 2024-yilda Rossiyaning 5 mlrd dollarlik sarmoyasini o‘zlashtirmoqchi

2023-yilda O‘zbekistonda 3 mlrd dollarga yaqin Rossiya sarmoyasi o‘zlashtirildi, 2024-yilda buni 5 mlrd dollarga yetkazish kutilmoqda. “Vazifani bemalol bajarsa bo‘ladi… Loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishda nostandart yondashuvni ta’minlash topshirig‘i berildi”, - dedi ISSV rahbari Laziz Kudratov. gazeta.uz »

2024-5-12 21:22

Jahon banki 2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini biroz pasaytirdi

Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi. gazeta.uz »

2024-4-15 08:25

2024-yilda xorijiy til sertifikati olishda imtihon xarajatidan tashqari 6 oylik o‘qish puli ham qaytariladi

O‘zbekistonda 2024-yilda chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. Shuningdek, maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun ijara asosida bepul ajratiladi. gazeta.uz »

2024-2-24 09:25

12