Ðåçóëüòàòîâ: 287

AQSh va Eron o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Axios

AQSh va Eron vositachilar orqali o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Biroq, Axios manbalariga ko‘ra, kelishuvga erishish imkoniyatlari juda kam. Tramp esa, o‘z navbatida, Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Eronning ko‘priklari va elektr stansiyalarini bombardimon qilish bilan yana tahdid qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 13:32

Samarqandda Tojikistondan noqonuniy olib kirilayotgan Starlink qurilmasi to‘xtatib qolindi

Samarqandda Tojikiston bilan chegaradagi “Jartepa” postida deklaratsiya qilinmagan va ruxsatnomasi bo‘lmagan Starlink qurilmasi aniqlandi. Qonunchilikka ko‘ra, ushbu qurilmani O‘zbekiston hududiga maxsus ruxsatnomalarsiz olib kirish va foydalanish taqiqlangan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan. gazeta.uz »

2026-4-1 13:17

O‘zbekistonlik harbiylar AQShdagi musobaqada rekord natija bilan g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston harbiylari AQShdagi “Eng ilg‘or jangchi-2026” musobaqasida bir nechta rekordni yangiladi. Ular 20 km masofaga marsh yugurish, tungi oriyentirlash va NATO qurollaridan o‘q otish kabi 13 ta shartda AQSh Milliy gvardiyasi bilan kuch sinashib, yakunda musobaqaning maxsus sovriniga sazovor bo‘lishdi. gazeta.uz »

2026-3-22 07:38

O‘zbekistonda fuqarolar nomiga avtomobillar olib kirishni qisqartirish rejalashtirilmoqda

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash doirasida yuridik shaxslar uchun notarif cheklovlarni soddalashtirish orqali fuqarolar nomiga avtomobil olib kirish hajmini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bojxona qo‘mitasi va UZIMEI markazi o‘rtasida IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-12-11 10:18

O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalari qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident farmoni bilan Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. gazeta.uz »

2025-11-26 09:56

“O‘zbekiston bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish mumkin, ammo bu ertaga boshlanmaydi” — YI elchisi

O‘zbekiston va YI viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi mumkin, ammo bu ertangi kun masalasi emas, dedi YIning O‘zbekistondagi elchisi Gazeta’ga. Unga ko‘ra, bu ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanishi va o‘zbekistonliklarning YI davlatlari viza qoidalariga rioya qilishiga bog‘liq. gazeta.uz »

2025-11-7 19:22

Tojikistonga olib o‘tilmoqchi bo‘lgan 5,2 mlrd so‘mga teng valyutalar to‘xtatib qolindi

Toshkent viloyati “Farhod” postida 2 ta holatda jami 5,2 mlrd so‘mlik valyutalarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bir holatda pullar 34 kishiga bo‘lib berilgan holda o‘tishi reja qilingan bo‘lsa, boshqasida fuqaroning mashinasidan rubl, somoni, yevro, dollar, yuan, som kabi valyutalar aniqlangan. gazeta.uz »

2025-10-26 08:30

Andijondagi korxona tuproqni noqonuniy qazib olib, tabiatga qariyb 32 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi korxona o‘ziga ajratilgan hududdan tashqaridagi maydondan noqonuniy ravishda tuproq qazib olib, tabiatga 31,9 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Korxonaga 7,7 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi hisoblandi. Hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »

2025-10-16 09:28

O‘zbekistonga iPhone 17 olib kirish qanchaga tushadi? Bojxona qo‘mitasi tushuntirdi

Bojxona qo‘mitasi xorijdan olib kiriladigan mobil qurilmalar uchun to‘lovlar haqida ma’lumot berdi. Bojsiz me’yor havo transportida $1000, temiryo‘lda $500, avtomobil (piyoda) $300 dollar bo‘lib, oshgan summa uchun 30 foiz boj va 103 ming so‘mlik yig‘imi undiriladi. To‘lovlar iPhone 17 Pro Max misolida. gazeta.uz »

2025-10-6 08:49