Ðåçóëüòàòîâ: 287

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’qidladi. gazeta.uz »

2024-8-28 18:06

Rossiyaga sanksiya ostidagi Amerika chiplari O‘zbekiston orqali olib kelinyapti — The Insider

Rossiya sanksiyalar tufayli importi taqiqlangan Amerika mikrosxemalarini Ukrainaga muntazam zarba berishda qo‘llash uchun sotib olishda davom etmoqda. Bunda yakuniy oluvchi sifatida boshqa davlatdagi kompaniyani ko‘rsatish kifoya qilmoqda, xususan, O‘zbekiston yangi tranzit nuqtasiga aylandi, deb yozdi The Insider. gazeta.uz »

2024-8-23 20:19

O‘zbekistonning qator hududlarida chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurash olib borilmoqda (video)

Tarmoqlarda yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi uchib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Samarqand hududlarida ularga qarshi kimyoviy kurash olib borilayotgani, chigirtkaning bu turi faqat saksovul bilan oziqlanishini bildirdi. gazeta.uz »

2024-6-11 11:55

Sog‘liq yomonlashuviga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish dekriminalizatsiya qilinishi mumkin

Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazishni dekriminalizatsiya qilib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazilishi kutilmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini qabul qildi. gazeta.uz »

2024-5-7 10:26