Termizga 100 dona, Olmaliqqa esa 83 dona avtobus olib kelish rejalashtirilmoqda
Termiz va Olmaliq shaharlariga yangi avtobuslar sotib olinadi. Transport vazirligi bu borada Xitoydagi kompaniya bilan muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
îëèá - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Termiz va Olmaliq shaharlariga yangi avtobuslar sotib olinadi. Transport vazirligi bu borada Xitoydagi kompaniya bilan muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Samarqand viloyatida Namangandan iste’molga yaroqsiz 2 tonna go‘sht olib kelayotgan yuk mashinasi aniqlandi. Mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi. gazeta.uz »
Olmazor tumanida 26 yoshli erkak voyaga yetmagan qizni mehmonxonaga olib borib, shilqimlik qilgan. Buning oqibatida u qizga yengil tan jarohati yetkazgan. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. gazeta.uz »
Namanganda 1,1 mln iste’molchidan chiqindini olib ketish uchun 18 mlrd so‘m noqonuniy undirildi. Moliyachi Otabek Bakirov barcha chiqindi chiqarish korxonalari faoliyatini tekshirish va tizim to‘liq raqamlashtirilgunga qadar chiqindi qarzdorligi uchun elektrdan cheklash qonunini joriy etishni kechiktirishni taklif qildi. gazeta.uz »
Farg‘onada Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. gazeta.uz »
Kuala-Lumpurda O‘zbekiston rahbari va Malayziya bosh vaziri biznes forumda ishtirok etdi. Forumda transport, savdo, energetika, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. gazeta.uz »
Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi. gazeta.uz »
Øàâêàò Ìèðçè¸åâ ìàðêàç ôàîëèÿòèíè òàøêèë ýòèø, óíèíã ìàúíî-ìàçìóíèíè ÿíàäà áîéèòèø âà òàêîìèëëàøòèðèø þçàñèäàí çàðóð ê¢ðñàòìàëàð áåðäè. ru.sputniknews-uz.com »
O‘zbekistonning uchta hududida qo‘shni davlatlardan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. gazeta.uz »
Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1994-yildan beri hokimiyat tepasida turgan Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovlarida 86,82% ovoz to‘plagan. Bu uning yettinchi muddati bo‘ladi. gazeta.uz »
Olot tumanida noqonuniy saksovul kesib, olib qochmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Ta’qib qilish vaqtida ular inspektorlarning mashinasiga qasddan shikast yetkazgan. Sud ularga 41,6 mln so‘m jarima jazosi tayinladi. Mashinaga yetkazilgan zarar ham qoplandi. gazeta.uz »
2024-yilda 483 nafar o‘zbekistonlik migrantning jasadi Vatanga qaytarildi. Shundan 474 nafari Rossiyadan, 5 nafari Turkiyadan, qolgani Janubiy Koreya va Qozog‘istondan olib kelingan. Migratsiya agentligidan ma’lum qilishlaricha, jasadlarni olib kelish xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplangan. gazeta.uz »
O‘zbekistonga yangi mobil qurilma olib kirishda endi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish kerak, aks holda qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Yangi talab 2024-yil boshidayoq joriy qilingandi. gazeta.uz »
Prezident 2025-yilda Toshkentga yana 1000 ta yangi avtobus olib kelishni buyurdi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Avvalroq hokimlik BYD bilan K9UD eBus elektrobuslarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. gazeta.uz »
 ïðåääâåðèè ïðàçäíîâàíèÿ 33-ëåòíåé ãîäîâùèíû ñî äíÿ îáðàçîâàíèÿ Âîîðóæåííûõ Ñèë Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí è Äíÿ çàùèòíèêîâ Ðîäèíû 12 ÿíâàðÿ â ïàðêå Yangi O’zbekiston ñîñòîÿëñÿ çàáåã Men G’olib Run, îáúåäèíèâøèé ïðåäñòàâèòåëåé âîîðóæåííûõ ñèë ñòðàíû, ñîòðóäíèêîâ ñèëîâûõ ñòðóêòóð, êóðñàíòîâ âîåííûõ ó÷åáíûõ çàâåäåíèé è íåïðîôåññèîíàëüíûõ ëþáèòåëåé áåãà. nuz.uz »
Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyasi uchta alpaka, bitta lama va har xil turdagi beshta turna bilan to‘ldirildi. gazeta.uz »
Sayxunobod tumanida fuqaroga 10 ming dollar evaziga AQShga borishi uchun talabalik vizasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi. U puldan 5 ming dollar va 26 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. gazeta.uz »
Toshkent viloyatidagi Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining bir qismida harakat 12-yanvargacha bir tomonlama tashkil etiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, o‘simlik yog‘i importida bojxona bojining nol stavkalari 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, parranda go‘shtini olib kirish bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirmaslikka qaror qilindi. gazeta.uz »
Adliya vazirligida tergov qilish davomida aniqlangan kriptoaktivlarni olib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunda tergov harakatlari sohaga oid ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 2022-yil may oyida joriy etilgan oq va chiziqli kungaboqar urug‘larini eksport qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. Mazkur chora urug‘chilik korxonalarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. gazeta.uz »
Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi auksionda 2 kompaniya ishtirok etdi va narxni 120 mlrd so‘mgacha ko‘tardi. Biroq ular shartnoma imzolamagani uchun g‘oliblik bekor qilindi. gazeta.uz »
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Ohangaron shaharlaridagi tezkor tadbirlar davomida, xususan, Tojikistondan olib kelingan 10 kilogrammdan ortiq gashish va opiyni musodara qildi. gazeta.uz »
Osiyo olimpiya kengashi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilishi bekor qilinganini e’lon qildi. Musobaqaga endi Bahrayn mezbonlik qiladi. gazeta.uz »
Nukusda rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov suratga olish guruhi bilan qo‘lga olindi. Bunga uning akkreditatsiyadan o‘tmasdan ish olib borgani sabab bo‘ldi. Pivovarovning o‘zi keyinroq ularni qo‘yib yuborishganini yozdi: “Hammasi yaxshi!” gazeta.uz »
FVV qutqaruvchilari Janubiy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas`ni suvdan olib chiqdi. Haydovchi va ikki yo‘lovchining o‘zi suvdan chiqib olgan. gazeta.uz »
Qarshi aeroportida bojxonachilar 116 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga oldi. Qimmatbaho buyumlar Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirildi. gazeta.uz »
PM2,5 dispersli zarrachalarining uzoq muddatli ingalyatsiyasi astmaning rivojlanish xavfini oshiradi, buning bolalarga ta’siri ancha kuchliroq, deyiladi xalqaro tadqiqot guruhi tahlilida. gazeta.uz »
Sirdaryo viloyatidagi “Malik” chegara o‘tkazish punktida 6,7 kg miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi. gazeta.uz »
Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan 6 dona oltin quymasi, quyma tilla uzuk va 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar olib o‘tayotgan shaxs ushlandi. Buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qildi. gazeta.uz »
Toshloq tumanida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Ular sog‘lom. gazeta.uz »
IHMA oktabr oyi davomida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelinmoqda. Tez orada yana bir guruh bolalar keltiriladi. gazeta.uz »
Toshkent shahri Yashnobod tumanida ikki nafar 20 yoshli yigit o‘zgalarga tegishli bo‘lgan ikkita Damas avtomashinasini olib qochdi. Ular qo‘lga olinib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
KXDR “milliy xavfsizlik himoyasi uchun” Janubiy Koreya bilan qolgan barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopishini e’lon qildi. Janubiy Koreya buni “Kim Chen In muvaffaqiyatsiz rejimining umidsiz chorasi” deb atadi. gazeta.uz »
Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida - Gruziyadagi AdBlackSea va Qozog‘istondagi Red Jolbors festivallarida g‘olib chiqdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston 124 ta davlat qatorida BMT Bosh assambleyasining Isroildan o‘z kuchlarini Falastin hududlaridan olib chiqib ketishni talab qiluvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi. gazeta.uz »
Buxoroda Kadastrlar palatasi tuman filiali yetakchi muhandisi qo‘lga olindi. U fuqarodan boshqa tadbirkorga tegishli yerni ro‘yxatdan o‘tkazib berish uchun 3000 dollar olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
“G‘ishtko‘prik” chegara postida 22 dona qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini tegishli hujjatlarsiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Qushlar holatga aniqlik kiritilguncha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. gazeta.uz »
DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston mamlakatlaridan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni to‘xtatib qoldi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Rossiya Davlat dumasida mehnat muhojirlariga o‘z oilalarini mamlakatga olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. “Odam o‘zi ishlash uchun kelarkan, oila a’zolarini ham yetaklab kelishi mumkin emas”, - dedi duma spikeri Vyacheslav Volodin. gazeta.uz »
“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan 1772 ta loyiha e’lon qilindi. Jarayonlarda O‘zbekiston bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabidagi ochiq turnirda biror mag‘lubiyatsiz g‘olib chiqdi. U 30 ming dollar mukofot puli oldi. Shamsiddin Vohidov ham xuddi shuncha ochko jamg‘ardi, ammo uchinchi o‘rinni egalladi. gazeta.uz »
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’qidladi. gazeta.uz »
Rossiya sanksiyalar tufayli importi taqiqlangan Amerika mikrosxemalarini Ukrainaga muntazam zarba berishda qo‘llash uchun sotib olishda davom etmoqda. Bunda yakuniy oluvchi sifatida boshqa davlatdagi kompaniyani ko‘rsatish kifoya qilmoqda, xususan, O‘zbekiston yangi tranzit nuqtasiga aylandi, deb yozdi The Insider. gazeta.uz »
Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona postida Sankt-Peterburgdan uchib kelgan shaxs pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi. gazeta.uz »
Prezidenti Soliq qo‘mitasiga quyosh panellarini o‘rnatishda yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha cheklovni olib tashlash topshirig‘ini berdi. Hozirda imtiyoz faqat maydonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari o‘rnatilgan qismiga tegishli. gazeta.uz »
Chilonzorda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsning uyidan qariyb 240 ming dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Toshkent va Namangan shaharlarida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlagan va savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Dori vositalari esa musodara qilindi. gazeta.uz »
Tashabbusli budjetda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi. Ovoz berishdan avval 7 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi. Ovoz berish bosqichi 20 kundan 10 kunga qisqartirildi. gazeta.uz »
Venesuela saylov kengashi mamlakatni 2013-yildan beri boshqarib kelayotgan Nikolas Maduro prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Muxolifat hukumatni soxtakorlikda aybladi. Bir qator Lotin Amerikasi davlatlari ham natijalarni tan olishdan bosh tortdi. gazeta.uz »