O‘zbek-tojik chegarasi orqali olib o‘tilgan jami 111 kg narkotik musodara qilindi
Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi. gazeta.uz »

