O‘zbekiston narxlar o‘sishiga qaramay, ketma-ket to‘rt oydan beri oltin sotmayapti
Jahonda oltinning yuqori narxlariga qaramay, O‘zbekiston ketma-ket to‘rt oydan beri oltin sotmayapti. Oxirgi marta 2025-yilning sentabr oyida 1,47 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan. 2025-yil yakuniga ko‘ra, oltin eksporti hajmi 9,9 mlrd dollardan oshdi. Yanvarda O‘zbekiston 9 tonna oltin sotib oldi. gazeta.uz »

